Prezident qaroriga ko‘ra UzCard monopoliyasiga barham beriladi

  •   DiMaX
  •  1910
  •  19.09.2018 20:30

Prezident qaroriga ko‘ra UzCard monopoliyasiga barham beriladi

O‘zbekiston Prezidenti qaroriga asosan Milliy banklararo protsessing markazi tashkil etiladi. Bu haqda UzNews nashri xabar bermoqda.

O‘QING: Markaziy bank: Uzcard faoliyatida yuz bergan muammo e’tiborsiz qoldirilmaydi. Qonunchilikka o‘zgarishlar kiritiladi

To‘lovlar davomiyligini ta’minlash, sohaga innovatsion mahsulotlarni jalb etish, mavjud bank xizmatlari va to‘lov xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish va sohada mavjud muammolarni bartaraf etish, bundan tashqari, Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Milliy banklararo protsessing markazi tashkil etilmoqda.

Ushbu maqsadlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrda imzolagan «Milliy to‘lov tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida nazarda tutilgan.

Mazkur qarorning qabul qilinishiga Uzcard to‘lov xizmati bilan bog‘liq muammolar sabab bo‘lgani aytilmoqda.

O‘QING: Firibgarlar qarmog‘i. Plastik kartadagi pullaringiz joyidami?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.