Protsessorning turi va xususiyatlarini aniqlash usullari

  •   DiMaX
  •  9152
  •  06.01.2018 18:19

Protsessorning turi va xususiyatlarini aniqlash usullari

Bilamizki, kompyuterning ishlash samaradorligini ta’minlovchi «yuragi» – uning protsessori hisoblanadi. Ayni shu qismiga ko‘p narsa bog‘liq. Xo‘sh, siz o‘z kompyuteringizda qanaqa protsessor o‘rnatilganini bilasizmi?

Buni aniqlashning quyidagi yo‘llari mavjud:

Birinchi usul: Vazifalar dispetcheri yordamida

Ekranning pastki qismiga – vazifalar panelining bo‘sh joyiga sichqonchaning o‘ng tugmachasi bilan chertamiz. Ochilgan menyuda «Vazifalar dispetcheri», ya’ni «Dispetcher zadach» bandini tanlaymiz.

Ochilgan dispetcher oynasidagi ikkinchi – «Proizvoditelnost» varaqasiga o‘tamiz, unda kompyuterning ishlash samaradorligi xususiyatlarini aks ettiradi. Eng yuqori qismida esa qurilmangizning markaziy protsessori haqidagi ma’lumotlar ham ko‘rsatiladi.

Ikkinchi usul: Qurilmalar dispetcheri orqali

Ishni boshlash uchun qo‘llanadigan «Pusk» tugmachasini bosamiz va klaviaturada «Dispetcher ustroystv» yozuvini teramiz. Ochilgan menyudagi «Protsessori» bandini tanlaymiz. Shunda kompyuteringizning «yuragi» haqidagi ma’lumotlar bir nechta qatorda ko‘rinadi. Bu esa protsessoringizning yadrolari soniga bog‘liq: ikki yadroli chipda ikki qator, to‘rt yadrolisida esa to‘rt qatorda, har bir yadroning takt chastotasi bilan birga aks etadi.

Uchinchi usul: Maxsus dastur bilan

Kompyuterning qismlari qanday xususiyatlarga ega ekanini batafsil ko‘rsatib beruvchi maxsus dasturlar mavjud. Masalan, yaxshilaridan biri sifatida CPU-Z utilitasini tavsiya etish mumkin. Uni mana bu havola orqali ishlab chiquvchining saytiga o‘tib, ko‘chirib olib o‘rnatsangiz bo‘ladi. CPU-Z dasturini ishga tushirsangiz, barcha ma’lumotlarni ko‘rsatadi.

Protsessorning nomi, yadrolar soni, ishlash chastotasi, kesh, quvvat sarfi, tezkor xotira hajmi, ona plata nomi va boshqa ko‘plab qismlar haqidagi to‘liq ma’lumotlarni shu dastur yordamida bilib olish mumkin.

O‘QING: Windows’ni tezlashtiruvchi va funksiyalarini yaxshilovchi bepul dasturlar

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.