Pullik ilovalarni tekinga yuklaymiz (2-qism)

Pullik ilovalarni tekinga yuklaymiz (2-qism)

Pullik ilovalarni tekin yuklashni o‘rganishda davom etamiz. Ushbu maqolaning birinchi qismini bu yerdan o‘qishingiz mumkin.

O‘QING: Okay, Google, meni professionalga aylantir!

1. Freeapp

Tekin tarqatilayotgan premium ilovalarga bo‘lgan tashnaligingizni yana bir ilova — Freeapp qondira oladi. Freeapp tekin va chegirmali narxda taqdim qilinayotgan pullik dasturlar ro‘yxatini sizga ko‘rsatadi. Ilovaga Google akkauntingizni qo‘shib qo‘ysangiz ham bo‘ladi. Bunda, Freeapp siz qiziqqan ilovalar haqida ma’lumot olib, sizga yoqishi mumkin bo‘lgan ilovalar borasida tavsiyalar berib boradi.

Asosiy ekran ostidagi birinchi tugma ustiga bosib, hozirda mavjud chegirmalar bilan tanishishingiz mumkin. Freeapp nafaqat ayni damdagi tekin/chegirmali ilovalar borasida, balkim har doim ommabop bo‘lib kelgan o‘yin va dasturlar borasida ham kategoriya bo‘yicha takliflar berib boradi. Ilovani Android qurilmangizga yuklash bilan bir qatorda, undan brauzerning o‘zidan ham foydalanishingiz mumkin.

Freeapp'ni yuklang (tekin, ichki reklamalar bor)

2. Shareware on Sale

Ushbu ro‘yxatdagi boshqa variantlardan farqli o‘laroq, Shareware on Sale ilova emas, onlayn portal hisoblanadi. Uning yordamida siz ko‘plab Android va Windows ilovalarnini chegirmali narxda yuklab olsangiz bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz: saytda reklamalar haddan tashqari ko‘p.

•Shareware on Sale saytiga o‘ting: Android/Windows

3. Giveaway Of The Day

Giveaway Of The Day pullik ilovalarni bir so‘m ham sarflamagan holda tekin yuklash imkonini beradi. Platformadan Android, iOS va Windows ilovalarini topish mumkin. Ushbu sayt sizga nafaqat tekin ilovalarni ko‘rsatib turadi, balkim unda cheklangan miqdoragi akvtivatsiya litsenziyalarini ham topsangiz bo‘ladi.

•Giveaway Of The Day saytiga o‘ting: Android/iOS/Windows

4. AppShopper

AppShopper'dan iPhone va iPad foydalanuvchilari foydalanib, chegirmali ilovalarni topishlari mumkin. Ushbu saytda reklamalar mavjud emas.

Ilovalarni yuklash bilan birga, AppShopper'da akkaunt yaratib, o‘zingiz xohlagan ilovalar tekin tarqatilganda bildirishnoma berilishini belgilab qo‘yishingiz mumkin. AppShopper anchadan beri yangilanmagani bois uni ishlatish uchun iOS qurilmangiz iOS 10 yoki undan quyiroq versiyada ishlayotgan bo‘lishi kerak.

•AppShopper saytiga o‘ting.

5. Google Opinion Rewards

Ma’lumingiz bo‘lsinkim, Google o‘z foydalanuvchilarini mukofotlaydi. Buning uchun unga yordam berishingiz kerak. Masalan, veb-brauzing amaliyotingiz, YouTube'da video ko‘rish odatlaringiz, yoqtirgan filmlaringiz, shopping odatlaringiz va h.k. lar haqidagi so‘rovlarga javob berish bilan mukofotlar to‘plashingiz mumkin. Ushbu mukofotlar vaqt o‘tishi bilan yig‘ilib boradi va ularni Google Play'da ishlatib, dasturlarni chegirma bilan yoki tekin yuklasangiz bo‘ladi.

Ushbu imkoniyatdan nafaqat Android, balkim iOS foydalanuvchilari ham foyda ko‘rsa bo‘ladi. Ular ishtirok etgan so‘rovnomalari pulini PayPal hisoblariga o‘tkazib olishlari mumkin.

•Google Opinion Rewards'ni yuklang: Android/iOS

O‘QING: Talabaga kerak bo‘lgan 9 bepul ilova

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!