Putin Trampga sovg‘a qilgan JCh–2018 to‘pining ichidan qanday chip topishdi?

  •   DiMaX
  •  6139
  •  27.07.2018 10:06

Putin Trampga sovg‘a qilgan JCh–2018 to‘pining ichidan qanday chip topishdi?

Rossiya Federatsiyasi prezidenti yaqinda bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida Donald Trampga Adidas Telstar 18 koptogini hadya etgandi. Bu – futbol bo‘yicha 2018 yilgi Jahon chempionatining barcha o‘yinlarida rasman qo‘llangan modeldagi to‘pdir.

O‘QING: AQSh kontrrazvedka xizmati Rossiyadagi futbol muxlislarini ogohlantirdi!

Putinning bu sovg‘asi Trampa ma’muriyatini sal xavotirga soldi va to‘pni maxsus tekshirishga topshirishdi. Ularning shubhasi o‘rinli chiqdi – koptokni tekshirib ko‘rgan Oq uy xavfsizlik xizmati uning ichida allaqanday mikrosxema mavjudligini aniqladi.

Gap shundaki, bu yilgi chempionatda qo‘llangan barcha Telstar 18 to‘plariga ayni shunday NFC-chip o‘rnatilgan. U smartfon bilan sinxronizatsiya qilish hamda FIFA’ning eksklyuziv kontentini olish uchun kerak bo‘ladi. Maxsus NFC texnologiyasi tufayli bu mikrosxema katta hajmli axborotni yoza olmaydi va uni masofadagi serverga uzata bilmaydi.

O‘QING: JCh–2018: muxlislar qanday smartfonlardan foydalanishmoqda?

Shunga qaramasdan, baribir NFC-chipli to‘pdan foydalanish Donald Tramp uchun baribir xatarli bo‘lishi mumkin. Chunki smartfon bilan sinxronlashganida bu mikrosxema foydalanuvchining joylashuv o‘rni haqidagi ma’lumotni Adidas’ga jo‘natadi. AQSh prezidentining qayerlarda bo‘lishi esa maxfiy saqlanuvchi ma’lumotlar qatoriga kiradi.

Shuningdek, nazariy jihatdan shunday taxmin qilish mumkin: ayni bu koptokka Adidas chipi o‘rniga Rossiya maxsus xizmatlari tomonidan sozlangan boshqa chip o‘rnatilgan bo‘lishini ham istisno qilib bo‘lmaydi.

Oq uy xavfsizlik xizmati prezidentdan bu koptokni olib qo‘ymasa kerak, biroq undan foydalanishni, ayniqsa smartfon bilan sinxronlashtirishni taqiqlashi aniq.

O‘QING: Futbol ishqibozlari uchun yettita ajoyib ilova

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!