Qaysi Xiaomi smartfonlari Android Nougat versiyasiga yangilanadi?

Qaysi Xiaomi smartfonlari Android Nougat versiyasiga yangilanadi?

Kecha China-Review nashri Android Nougat versiyasiga yangilanadigan Xiaomi smartfonlarining ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatda ushbu dasturga yangilanmaydigan smartfonlar ham kiritilgan, biroq ularga tegishli izoh qizil rangda berilgan.

Ro‘yxatga ko‘ra, xitoylik shovvoz, asosan, Qualcomm protsessorilarida ishlaydigan smartfonlar uchun Android Nougat versiyasini chiqaradi.

Qatordagi flagmanlardan: Mi 4, Mi 5, Mi5s, Mi 5s Plus, Mi Note 2, Mi Max va Mi MIX, Redmi seriyasidan: Redmi 3S i 3S Prime, Redmi 4A, Redmi 4 va Redmi 4 Prime, Redmi Note 3, Redmi Note 4 modellari Android Nougat versiyasiga yangilanadi.

Redmi Note 2, Redmi 3, Redmi 3 Prime, Mi4i modellari ro‘yxatda keltirilmagan.