Qarshi oling: Samsung Sero – «yoshlarbop» tikka televizor!

  •   DiMaX
  •  1222
  •  30.04.2019 17:06

Qarshi oling: Samsung Sero – «yoshlarbop» tikka televizor!

Janubiy koreyalik texnogigantning boshqa mahsulotlari singari, televizorlari ham sifatli va ommabop. Samsung kuni kecha Sero rusumli antiqa yangi modelini taqdim etdi.

O‘QING: Ehtiyot bo‘ling! SHAASUIVG – Samsung emas

Antiqaligi shundaki, diagonaliga 43 dyuymlik ushbu televizor ekrani yoniga emas, balki bo‘yiga uzunchoq – tikkasiga joylashgan.

Kompaniyaning tushuntirishicha, bunda zamonaviy yosh avlodning qarashlariga ko‘proq yon bosilgan. Zero, hozirgi yoshlar asosan smartfonlar bilan faol muloqotda bo‘lishadi; mobil qurilmalar uchun yaratilgan kontent esa vertikal formatda. Sero televizorlari orqali yoshlarning sevimli kontentlarini o‘zlari ko‘nikkan formatda, faqat katta ekranda tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Xiaomi Mi TV televizorlarining yangi lineykasini namoyish etdi

Samsung Sero’ning maxsus tagligi televizorni tikkasiga – vertikal hamda odatdagidek – gorizontal holatga keltirish imkonini beradi.

Ishlab chiqaruvchi Sero televizorini 60 vattlik quvvatga ega, to‘rt kanalli dinamik bilan jihozlagan. Aftidan, standart funksiyalaridan tashqari, Samsung uni musiqaning oqimli uzatmalari uchun media-tizim sifatida yoki xonadon bezagining o‘ziga xos bir unsuri tarzida ham qo‘llashni ko‘zda tutgan. Samsung Sero ulkan fotoramka rejimida ishlashi va yangrayotgan musiqa uchun vizualizatsiyani aks ettirib turishi ham mumkin.

Sero televizori may oyining oxirlarida Janubiy Koreyada sotuvga chiqariladi. Uning narxi taxminan 1600 AQSh dollari atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Terashop.uz internet-do‘konimizda esa atigi 999 000 so‘mdan boshlanuvchi turli televizorlarni onlayn usulda xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: O‘zbekistonga noqonuniy olib kirilayotgan 3,8 mlrd so‘mlik televizorlar ushlandi: 9 ming dollarlik «taklif» ham o‘tmadi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!