Qaysi kompaniya smartfonlardan eng ko‘p daromad oladi?

Qaysi kompaniya smartfonlardan eng ko‘p daromad oladi?

10 yildan beri Apple o‘z smartfonlarini sotuvga chiqaradi va mana necha yildirki, boshqa kompaniyalarga qaraganda ko‘proq daromad olmoqda.

Counterpoint tahlilchilarining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, kupertinolik kompaniya savdolarida mobil telefonlar ulushi 32 foizni, ulardan tushgan foyda esa kompaniya daromadining 66 foizini tashkil etadi. Birgina shu yilning uchinchi choragida smartfonsozlar 12 milliard dollar ishlab topishdi.Apple qanday qilib bunday natijalarga erishmoqda? Hammasi oddiy - kompaniya modellari tarkibida past darajadagi qurilmalar yo‘q. U bozorga faqat yuqori narxdagi mahsulotlarni yetkazib beradi. Xitoylik brendlar yaxshi foyda olish uchun o‘z qurilmalarini "kilogramm"lab sotishlari kerak bo‘lsa, "Olma"ga esa bir nechta iPhone'larni sotish kifoya.

Ikkinchi o‘rinda mobil qurilmalar ishlab chiqarishdan tushgan daromadning 17 foiziga egalik qilayotgan Samsung kompaniyasi. Janubiy Koreya giganti bu darajaga, birinchi navbatda, Galaxy Note10 oilasining flagmani va A seriyasining keng doirasi tufayli erishmoqda.

Xitoylik ishlab chiqaruvchilarga kelsak, ular o‘zlarining qurilmalariga pastroq narx belgilashi ularga ko‘p pul topishga imkon bermaydi. Shunga qaramay, tahlilchilarning ta’kidlashicha, xitoylik brendlar o‘z mahsulotlari bilan premium narxlar segmentiga tobora kirib bormoqda.

O‘QING: Yil jangi: Samsung vs Apple

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.