Qaysi kompaniya smartfonlari vaqt o‘tishi bilan o‘z qiymatini eng kam yo‘qotadi?

Qaysi kompaniya smartfonlari vaqt o‘tishi bilan o‘z qiymatini eng kam yo‘qotadi?

Buyuk Britaniyadagi nosoz smartfonlarni tuzatib savdo qiluvchi musicMagpie onlayn riteyleri 12 oy ichida smartfonning narxi qanchalik qadrsizlangani haqida ma’lumot berdi.

O‘QING: CIRP: Apple AQShda foydalanuvchilarning sodiqlik reytingi bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi

Ma’lum bo‘lishicha, Apple smartfonlari ushbu reytingda birinchi, Samsung smartfonlari esa ikkinchi o‘rinni egalladi. Qolgan kompaniyalarning smartfonlari bilan taqqoslaganda, ushbu ikki texnogigant larning qurilmalari nisbatan o‘z narxini saqlab qola olgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniyada xaridorlar smartfonni o‘rtacha har 16 oyda almashtiradi. Ular eski qurilmalarini olgan narxlarining 50% ga sotib yubiradilar. Apple qurilmalari dastlabki 12 oy ichida o‘rtacha 41% o‘z qiymatini yo‘qotadi va 24 oydan keyin bu ko‘rsatkich 60% gacha ko‘tariladi.

Qizig‘i shundaki, OnePlus bir va ikki yildan keyin 69% va 78% amortizatsiya bilan uchinchi o‘rinni egallaydi. Huawei va Google smartfonlari ikki yildan so‘ng o‘z narxini anchaga yo‘qotmoqda. Aslida, bozordagi turli smartfonlarga yaqinroq nazar tashlasak, Huawei kompaniyasining Mate 30 Pro va P20 smartfonlari birinchi yilda o‘z qiymatining 87% va 84% ni yo‘qotganini ko‘rishimiz mumkin.

So‘nggi ikki yildagi iPhone'lar dastlabki 12 oy ichida o‘z narxining yarmidan ko‘pini saqlab qolgishga muvaffaq bo‘lgan.

musicMagpie yana bir qancha smartfonlar savdosiga oid bir qancha qiziqarli ma’lumotlar bilan bo‘lishdi. Misol uchun, taxminan 33% smartfon egalari o‘zlarining eski qurilmalarini sotmaydilar va foydalanuvchilarning yoshi ulg‘aygan sari ularning smartfon sotib olish ehtimoli kamayadi.

Kompaniya bosh direktorining ta’kidlashicha, yangi smartfon sotib olayotganda eskisini sotib yuborish xaridorlarga katta moddiy yordam beradi. Qizig‘i shundaki, foydalanuvchilarning taxminan 10% vaqt o‘tishi bilan qiymati oshishiga ishonib, eski telefonlarini sotmay turadilar. Ammo bu haqiqatdan ancha yiroq.

Bundan tashqari, manbaga ko‘ra, qimmatroq telefonlar o‘z narxini eng yuqori darajada ushlab turadi. 599 funt sterlingdan past narxdagi smartfonlar, birinchi olti oyda taxminan 62% ga arzonlashgan.

Ehtimol, Huawei o‘z maqomidan kelib chiqqan holda eng yuqori qadrsizlanish bo‘yicha reytingda birinchi o‘rinni egallaydi. Sababi Google mobil xizmatlariga ega bo‘lmagan smartfonlarni sotib olishni hech kim xohlamaydi.

Agar yangi iPhone 13 smartfonlari iPhone 12 qurilmalarining narxiga qanday ta’sir qilganini bilmoqchi bo‘lsangiz, ushbu jadval bilan tashib chiqishingiz mumkin.

O‘QING: Samsung 3-chorakda rekord darajada foyda ko‘rdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!