Qo‘sh kamera, o‘rta narxli Moto X4 taqdim qilindi

Qo‘sh kamera, o‘rta narxli Moto X4 taqdim qilindi

6 sentyabrga qadar Berlinda o‘tadigan IFA 2017 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ko‘rgazmasi taqdimotlar bilan yanada qizimoqda. Lenovo kompaniyasi anjuman doirasida Moto X4 yangi smartfonini taqdim qildi. Bu o‘rta narxli va bosh kamerasi qo‘sh sensorli modul hisoblanadi.

Moto X4 smartfoni 5,2 dyuymli, Full HD (1920 x 1080 pikselli) sig‘imli, Corning Gorilla Glass himoya shishasi bilan qoplangan IPS-displeyga ega. Devaysda barmoq izlari skaneri o‘rnatilgan. Bosh kamera 12+8 megapikselli sensorlar birikmasidan iborat. Old kamera ham diqqatga sazovor -- 16 megapikselli.

Smartfon platformasi samaradorligi uchun 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 630 protsessori va Adreno 508 video-kartasi mas’ul.  Moto X4'ning "Yevropa talqini"da 3 GB operativ va 32 GB doimiy xotira bo‘lsa, Osiyoga mo‘ljallangan talqin 4 GB tezkor va 64 GB doimiy xotiraga ega bo‘ladi.

Moto X4 aloqaning 4G LTE, Wi-Fi (802.11 ac), Bluetooth 5.0, GPS va GLONASS tarmoqlarida ishlaydi. Uning o‘lchamlari: 148,35 x 73,4 x 7,99 mm, vazni — 163 gramm. Gadjet Android 7.1 Nougat operatsion tizimi boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi.

Moto X4 akkumulyatorining tok sig‘imi 3000 mA soat. Shuningdek, batareya Turbo Charging tezkor quvvatlash texnologiyasi bilan ta’minlangan. Qolaversa, yanayam e’tiborga loyiq jihati --  Moto X4 IP68 guvohnosiga ega, ya’ni korpusi chang va  suvdan himoyalangan. Undagi yangi avlod Bluetooth moduli bilan bir vaqtning o‘zida 4 ta qurilma bilan ulaneish mumkin.

Moto X4 mobil telefoni sentyabrdan 400 AQSh dollaridan sotuvga chiqariladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!