Qo‘sh kamerali va metall ramkali MDC Prime Lite yanada arzonlashdi!

  •   DiMaX
  •  1657
  •  27.11.2018 16:25

Qo‘sh kamerali va metall ramkali MDC Prime Lite yanada arzonlashdi!

O‘zbekiston bozoriga hamyonbop va yaxshi texnik ko‘rsatkichlarga ega smartfonlar bilan kirib kelgan MDC brendini yaxshi bilasiz. Ushbu kompaniya o‘ziga xos dizaynga ega metall va shisha korpusli, 4G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi, qo‘sh kamerali Prime Lite modelining narxini yana tushirdi.

O‘QING: MDC Prime Lite – «Malika»dagi noodatiy «ekonom klass»

MDC Prime Lite ramkasi to‘liq metalldan ishlangan, bu esa hozirgi zamonda qurilma mustahkamligining muhim ko‘rsatkichlaridan biridir. Uning orqa panelida asosiy kameraning tikka joylashgan ikkita moduli joy olgan. Ulardan chap tomondagi LED-chaqnoq esa kam yoritilgan sharoitlarda ham ajoyib suratlar olishga imkon beradi. Qurilma diagonali 5.2 dyuymga teng IPS-displey bilan jihozlangan. Displeyning tasvir aniqligi esa HD formatida, ya’ni 1280x720 pikselni tashkil etadi.

Smartfonning asosiy kamerasi 13 hamda 0.3 megapikselli ikkita sensorni o‘z ichiga oladi. Old kamera 8 megapikselli bo‘lib, uning yordamida siz ajoyib selfilar tushirishingiz mumkin.

MDC Prime Lite smartfoni 16 gigabaytlik o‘rnatilgan xotiraga ega, agarda buni kam desangiz – 128 gigabaytgacha hajmli microSD o‘rnatish imkoni bor. Ma’lumotlaringizni himoyalash uchun grafik kalit deysizmi, parol, kodli so‘z yoki barmoq izi skanerimi – bu usullarning barchasini MDC Prime Lite modeli qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilmaga 1.3 gigagers takt chastotasida ishlovchi to‘rtta yadroli MT6737 protsessori o‘rnatilgan.

Smartfon 3G hamda 4G standartlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilmaga ikkita SIM-karta tushadi, u Android operatsion tizimining 7 (Nougat) talqini boshqaruvi ostida ishlaydi. Qurilma sun’iy yo‘ldosh orqali navigatsiya uchun GPS/AGPS moduli, shuningdek, simsiz aloqaning Wi-Fi 802.11 b/g/n hamda Bluetooth 4.0 talqinlarini qo‘llab-quvvatlovchi modullar bilan ta’minlangan. Prime Lite 2750 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega.

O‘QING: YouTube-kanalimizga qo‘shiling – MDC Prime Lite videotavsifi joylandi!

MDC Prime Lite modeli qora va moviy rangli korpusga ega talqinlarda foydalanuvchilarga taqdim etilmoqda. Quvonarli jihati – shuncha ilg‘or xususiyatlarga ega bo‘lsa ham, arzon MDC Prime Lite smartfonini poytaxtdagi elektronika bozorlaridan yanada xamyonbop narxda 660 000 so‘mdan boshlab xarid qilishingiz mumkin! MDC barcha smartfonlarga 1 yillik rasmiy kafolat taqdim qiladi.

MDC Prime Lite smartfonining texnik xususiyatlari quyidagicha:

  • 2 dyuymlik ekran, 1280x720 piksellik aniqlik darajasi bilan (16:9);
  • 3 GGs takt chastotali, 4 yadroli protsessor;
  • 2 GB tezkor xotira;
  • 16 GB doimiy xotira;
  • 128 GB gacha hajmli microSD-kartani qo‘llaydi;
  • 13 + 3 MP (Samsung ISOCELL) aniqlikdagi asosiy qo‘sh kamera;
  • 8 megapiksellik (Samsung ISOCELL) old kamera;
  • 4G tarmog‘ini qo‘llovchi SIM-karta uchun ikkita slot;
  • Wi-Fi 802.11n + Bluetooth 4.0;
  • akkumulyator xajmi 2750 mAs;
  • Barmoq izi skaneri;
  • Android 7 Nougat;
  • O‘lchamlari: 138 x 73,2 x 8,6 mm;
  • Og‘irligi: 160 g.

Aytish kerakki, MDC brendining turli rusumlardagi smartfonlarini 599 000 so‘mdan boshlangan narxlar asosida Terashop.uz internet-do‘konimizdan onlayn usulda sotib olish ham mumkin.

O‘QING: MDC Prime Lite – O‘zbekistondagi eng hamyonbop qo‘sh kamerali smartfon

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.