Qo‘sh sensorli Lenovo K8 Plus smartfoni taqdim qilindi

Qo‘sh sensorli Lenovo K8 Plus smartfoni taqdim qilindi

Lenovo kompaniyasi bugun "K8" turkumiga kiruvchi Lenovo K8 Plus smartfonini namoyish qildi. Smartfon ko‘rinishidan yil boshida taqdim qilingan K8 Note telefoniga o‘xshab ketadi.

"Aqlli telefon" turkumning boshqa vakillaridan bosh kamerasidagi 13 megapikselli asosiy va 5 megapikselli yordamchi sensorlari bilan ajralib turadi. Selfi kameraga 5 linzali, 8 megapikselli sensor tanlangan, shuningdek fotoqnoq o‘rnatilgan. 

Bosh kamerada orqa va yonlarni g‘ira-shira qilib olish, old kamera esa keng burchak ostida, "Pro Mode", "Beautify Mode" kabi bugun talab yuqori bo‘lgan rejimlarda suratga olish imkoniyati mavjud. Har uchala sensorning yorug‘lik linzasi f/2.0 hajmli.

K8 Plus metall korpusga ega bo‘lgan. Uning 5.2 dyuymli full-HD ekrani IPS matritsali. Ekran virtual voqelik videolarini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfon Android 7.1.1 Nougat operatsion tizimida faoliyat ko‘rsatadi. Bu tizimning o‘ziga xosliklaridan biri ekranni ko‘p qismga bo‘lib, turli ilovalardan foydalanishdir. Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, gadjetni tez orada yanada innovatsion Android 8.0 Oreo operatsion tizimiga yangilash mumkin bo‘ladi.  

Lenovo K8 Plus 8 yadroli, chastota tezligi 2.6 Ggs bo‘lgan MediaTek Helio P25 chipseti bilan ta’minlangan. Bu protsessor 16 nanometrli texnologik jarayonda faoliyat ko‘rsatadi.

Devays 3 GB tezkor va 32 GB doimiy xotiraga, 128 gigabaytli xotira kartasini o‘qiydigan microSD bo‘lmachasiga ega bo‘lgan. Ahamiyatli jihati shundaki, 2 ta sim-karta va xotira kartasi uchun alohida 3 ta bo‘lmacha ajratilgan.

K-turkumidagi boshqa smartfonlar kabi, K8 Plus ham Dolby Atmos ovoz texnologiyasi, korpusning chap yonidagi "Music Key" musiqa tugmasi bilan o‘ziga xos. K8 Plus quvvati uchun tok sig‘imi 4000 mA soat bo‘lgan akkumulyator mas’ul bo‘lgan. Bu unda 13 soat internetdan foydalanish, 100 soat musiqa tinglashga yetadi.

Lenovo K8 Plus'ning eng arzon talqini (3/32 Gb) shu oyda 170 AQSh dollaridan sotuvga chiqariladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.