Qo‘shni davlatdagi tashkilot vlogerlarni o‘z nazoratiga olmoqchi!

Qo‘shni davlatdagi tashkilot vlogerlarni o‘z nazoratiga olmoqchi!

“Tojikfilm” "Youtube"ga videorolik joylagan har bir tojikistonlik videobloger o‘zidan ruxsat olishi kerakligini aytmoqda. Bu haqda Minbar.uz sayti xabar bermoqda.

“Tojikfilm” rahbariyati "Youtube"ga tojik videoblogerlari roliklarini ularning ruxsatisiz qabul qilmaslikni so‘rab rasman murojaat qilgan.

O‘QING: YouTube’ning pulli funksiyasidan Telegram orqali bepul va reklamasiz foydalansa bo‘lar ekan!

 “Tojikfilm” rasmiylaridan birining aytishicha, ayrim tojik videoblogerlari qo‘yayotgan roliklar mazmuni juda uyatli.

Videoblogerlar esa obunachilariga qiziq roliklarnigina qo‘yishlarini aytishadi.

  • “Tojikfilm” mudiri Nosir Rahmon o‘tgan haftada Tojikiston qonunlariga ko‘ra respublikada ishlab chiqarilayotgan har bir video va audio materiallar uchun
  • “Tojikfilm”dan ruxsat olish kerakligini aytgan. Rahmonning so‘zlariga ko‘ra u videoblogerlar faoliyatidan emas, ular tarqatayotgan materiallarning sifati pastligidan norozi.

 O‘zbekistonda ham shunga o‘xshashroq amaliyot mavjud. 2017 yildan boshlab o‘zbekistonlik xonandalar kliplarini "Youtube"ga joylashtirish uchun ham "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi qoshida tashkil etilgan badiiy kengash ruxsatini olishi kerak.

O‘sha paytda "O‘zbekkonsert" qoshidagi konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan Odiljon Abduqahhorov (ayni paytda "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi rahbari) buni xonandalar bachkana kliplar yaratayotgani bilan izohlagan.

O‘QING: Toshkent shahar IIBB mashhurlikka intilgan «bloger»lar faoliyatiga chek qo‘ydi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!