Qoyilmaqom iPhone XI’ni tomosha qilamiz!

  •   DiMaX
  •  1689
  •  23.01.2018 11:53

Qoyilmaqom iPhone XI’ni tomosha qilamiz!

Kupertinolik gigantning bu yil taqdim etadigan smartfon modellari xususida bir-biridan qiziq taxminlar, fikrlar bildirilmoqda. Jumladan, ularning nomlanishi, tashqi ko‘rinishi va ichki xususiyatlari barcha uchun qiziq bo‘lishi turgan gap.

O‘QING: iPhone XI 2018 – mutlaqo romsiz ilk 5G-smartfonni tomosha qilamiz!

iDropNews sayti esa ayrim insayderlik ma’lumotlariga tayangan holda, iPhone XI deb nomlanishi aytilayotgan navbatdagi flagmanning render suratlarini ham e’lon qildi. Unda ekran romlari yanada ingichkalashtirilgan va displeyning «kemtik» joyi ham oldingidan-da ixchamroq ko‘rinish olgan.

Xabarga ko‘ra, Apple bu gal Face ID datchiklarini bevosita old kameraning o‘ziga integratsiya qilmoqchi. Bu esa sensorlar sonining kamligi evaziga «kemtik» o‘lchamini kichraytirish imkonini beradi.

Aytish kerakki, «olmali» korporatsiya bu yilgi smartfonini beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydigan qilib chiqarishi ehtimoli ham yuqori.

O‘QING: 5G tarmog‘ida ishlaydigan iPhone X ham chiqarildi!

Bundan tashqari, yuqoridagi rasmda qiyoslab ko‘rsatilganidek, kompaniya ekran atrofidagi romlarni yanada yupqalashtirishda davom etishi aytilmoqda. Render suratlarga ko‘ra, bu ayfonda, nihoyat, kamera moduli orqa panel bilan bir tekisda joylashadi.

Shuningdek, barcha iPhone’lar uchun muhim yangilik – ikkita SIM-karta o‘rnashadigan slot qo‘llanishi mumkin. Tahlilchilarning prognoziga ko‘ra, Apple mazkur yechimni bu yilgi ayfonlarning «kamida bitta modelida» tatbiq etadi.

O‘QING: Nihoyat, endi iPhone’lar ham ikkita SIM-kartali bo‘ladi!

Garchi bu rasmlar rasmiy emas, balki konsept maqomida bo‘lsa-da, yanada yupqa romli va kichik «kemtik»li displeyga ega iPhone XI haqida tasavvur berishi bilan ahamiyatlidir.

Bungacha bo‘lgan iPhone modellari esa O‘zbekiston bozorlarida ham savdoga chiqarilgan.

O‘QING: iPhone X va boshqa ayfonlarning so‘mdagi narxlari (2018 yil 13 yanvar)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.