Qozog‘iston sun’iy yo‘ldoshini uchirish uchun Space Xʼni tanladi

Qozog‘iston sun’iy yo‘ldoshini uchirish uchun Space Xʼni tanladi

Qozog‘iston Space X kompaniyasining «Falcon-9» rusumli fazoviy raketasi orqali 20 noyabrda dastlabki ikkita ilmiy va texnologik sun’iy yo‘ldoshini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Qozog‘iston Mudofaa va aerokosmik sanoat vazirligi matbuot kotibi Aset Nurkenov ma’lum qilgan.

Matbout kotibining ta’kidlashicha, kelajakda bunday kosmik kemalar Qozog‘iston tomonidan «Baykonur» kosmodromidan uchiriladi.

– «Falcon-9»ni tanlashimizning asosiy sabablaridan biri uning arzonligidir, – deydi Nurkenov.

Manbada to‘lov miqdori hozircha sirligi va uni oshkor qila olmasliklari aytilgan.

Kosmik kema parvozi Kaliforniya shtatidagi harbiy bazadan amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

O‘QING: O‘zbekiston aloqa uchun Qozog‘iston sun’iy yo‘ldoshidan foydalanadi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.