“QR kod” bilan kadastr pasportini berish joriy etiladi

“QR kod” bilan kadastr pasportini berish joriy etiladi

“2018-2019 yillarda Toshkent viloyatini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarorida 2019 yil 1 iyungacha “Binolar, inshootlar va ko‘p yillik daraxtlarga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma” o‘rniga “QR kod” bilan kadastr pasportini berish va qishloq xo‘jaligi yerlari ajratishning auksion tarzida “blokcheyn” orqali amalga oshirish tizimi joriy etiladi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

O‘QING: Wi-Fi tarmog‘iga QR-kod orqali ulanish

Qaror bilan 2018-2019 yillarda Toshkent viloyatini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlangan.

Shuningdek, dastur doirasida jami 1 009 ta loyiha amalga oshirilishi, ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun 8 trln 241 mlrd 879 mln so‘m o‘zlashtirilishi nazarda tutilgan. Dasturni amalga oshirish orqali 19 ming 333 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Dasturda 22 ta davlat bog‘chalarini rekonstruksiya qilish, 17 ta xususiy tibbiyot muassasalari qurish, shuningdek bir qator maktablarni kapital ta’mirlash, sport inshootlari qurish belgilangan.

Bundan tashqari dasturga muvofiq Chirchiq davlat pedagogika institutida 1 500 o‘rinli yangi o‘quv binosi va 400 o‘rinli talabalar yotoqxonasi barpo etiladi.

O‘QING: Blokcheyn texnologiyalari bilan bog‘liq nizolarni xalqaro arbitraj orqali hal etish tashkil etiladi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.