Qualcomm endi Huawei'ga chip yetkazib berishi mumkinligini tasdiqladi

Qualcomm endi Huawei'ga chip yetkazib berishi mumkinligini tasdiqladi

O‘tgan hafta o‘rtalarida Qualcomm Huawei'ni ba’zi mahsulotlar bilan ta’minlab berish uchun va nihoyat litsenziyani qo‘lga kiritgani haqida xabar tarqalgan edi.

O‘shanda tarqalgan ushbu xabar Xitoy manbalaridan olingan mish-mish edi xolos va uning asosli ekanini bilishning imkoni bo‘lmagan. Endi esa, Qualcomm ushbu ma’lumot to‘g‘ri ekanini tasdiqladi. Bu haqda Gizchina saytiga tayanib, GSMArena xabar bermoqda.

Qualcomm o‘zining ommaviy bayonotida Xitoy kompaniyasiga 4G'li chipsetlarni yetkazib berish imkonini beruvchi litsenziyani qo‘lga kiritganini ma’lum qildi. Bu o‘tgan haftadagi xabardagi ma’lumotga mos keladi. O‘shanda Qualcomm hozircha Huawei'ga 5G tarmog‘ida ishlaydigan chiplarni yetkazib bera olmasligi aytilgandi.

Qualcomm qachondan boshlab Huawei'ni 5G modemga ega chipsetlar bilan ta’minlay boshlashi mumkinligi borasida hozircha ma’lumot yo‘q, lekin xitoylik texnogigant, agar AQSh hukumati ruxsat bersa, Qualcomm bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini bir necha marta ma’lum qilgan.

O‘QING: Geekbench aniqlik kiritdi: Mi 11 eng zo‘rmi, Mate 40 Pro’mi yoki Galaxy S21?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!