Qualcomm kompaniyasi NXP Semiconductors’ni xarid qilmadi, endi 2 milliard dollar jarima to‘laydi

  •   Saroy
  •  812
  •  27.07.2018 12:06

Qualcomm kompaniyasi NXP Semiconductors’ni xarid qilmadi, endi 2 milliard dollar jarima to‘laydi

AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushidan nafaqat ZTE kompaniyasi zarar ko‘rdi. Qualcomm ham NXP Semiconductors’ni o‘ziga qo‘shib olish rejasidan voz kechgandi, endi u ham katta jarima to‘lashga to‘g‘ri keladi.

Qualcomm aslida NXP Semiconductors’ni sotib olish haqidagi rejasini 2016 yil oktyabrda e’lon qilgandi. Yaqinda esa kompaniya o‘zining taklifini 44 milliard dollarga oshirdi, ammo ikki kompaniyaning aktivlarini birlashtirish to‘qqizta davlatning monopoliyaga qarshi kurash bilan shug‘ullanadigan tashkilotlari tomonidan ma’qullangandan keyingina amalga oshishi mumkin  edi. Ularning sakkiztasi rozi bo‘lgan, faqat Xitoy tomonining roziligi kutilayotgandi. Amerikaning chipmeykeri aynan uning qarorini kutib, xaridni bir necha bor orqaga surib kelayotgandi.

O‘QING:Qualcomm g‘iromlikda gumonlanmoqda: raqobatchilarni sindirish uchun narxlar atay tushirilgan

Eng so‘nggi sana sifatida  25 iyul belgilangan edi, lekin Xitoy tomonidan bir mujda kelmagach,  Qualcomm kutishni bas qilishga qaror qildi. «Hozirgi kechayotgan geopolitika sharoitida», xariddan umid qilishga asos qolmagan, deydi  CEO Stiv Mollenkopf (Steve Mollenkopf).

Xo‘sh, endi nima bo‘ladi? Endi nima bo‘lardi, kelishuv buzilgani uchun  Qualcomm  NXP Semiconductors’ga tavon sifatida 2 milliard dollar jarima to‘laydi. O‘z navbatida, Qualcomm aksionerlarni ham xotirjam qilishi kerak, buning uchun, u sotgan aksiyalarini qaytarib sotib olishga 30 milliard dollar yo‘naltirishni (so‘nggi yangiliklar tufayli aksiyalar narxi 6.5 foizga oshgan) rejalashtirmoqda.

O‘QING:Ford, BMW va Peugeot-Citroen avtomobillari bir birini yo‘l transport hodisalari va piyodalar haqida xabardor qiladi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.