Qualcomm yangi chip taqdim etish arafasida

Qualcomm yangi chip taqdim etish arafasida

Qualcomm o‘rta toifaning premium turidagi yangi Snapdragon 780G chipini taqdim etmoqchi. Ushbu chip 5 nm lik jarayon asosiga qurilgan o‘z toifasidagi birinchi chipset bo‘ladi. Shuningdek, uni Snapdragon 888'ning Lite versiyasi ham deyish mumkin.

O‘QING: «5G-smartfonlar juda arzon bo‘lishi kerak!» – Qualcomm yangi protsessor chiqardi

Kryo 670 CPU'si biror havolasiz, unumdorligi 40% ga oshgan deb ta’riflangan. 600 seriyadagi yadrolari Cortex-A78'dan olingan bo‘lsa, 768G chipida A76 asosidagi yadrolardan foydalanilgan. Bundan maqsad unumdorlinki 40% ga oshirish bo‘lgan.

Qizig‘i shundaki, ushbu yadrolar 2.4 GHz gacha ishlaydi. Bu Snapdragon 888 chipidagi katta yadrolarga to‘g‘ri keladi, ammo flagman chipida 2.84 GHz Cortex-X1 asosiy yadro mavjud.

GPU haqida so‘z borsa, Adreno 642 yangilanadigan drayver, HDR10, 144Hz yangilanish chastotasi va 1080p+ displeylarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Snapdragon 780G LPDDR4 tezkor xotiraning 16GBgacha bo‘lagan sig‘imini qo‘llab-quvvatlaydi. Oddiy raqamlar bilan chipning unumdorligini aniqlash biroz mushkul, buning uchun ushbu chip o‘rnatilgan smartfondan foydalanib ko‘rish zarur. Lekin Snapdragon 780G chipi eng yaxshi kameraga ega bo‘lgan smartfonlarga o‘rnatilishi kutilmoqda.

Chipda uchta spektrli 570 ISP bo‘lib, bu bir paytda uchta kamerada suratga olish imkoniyatini beradi. Bunday imkoniyatni hozirda faqatgina flagman chiplarda uchratish mumkin.

Ushbu ISP video va fotosuratlar uchun 10-bit rang chuqurligini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, HDR10, HDR10+ va HLG turdagi videolarni yozib olish mumkin.

Snapdragon 780G yuqori tarmoq bog‘lanishiga ega bo‘lib, yuklash amallarini tezlik bilan bajaradi. X53 5G modemi bilan 3.3 Gbit/sek. tezlikda yuklash amallarini bajarish mumkin.

FastConnect 6900 tizimi Wi-Fi 6E'ni qo‘llab-quvvatlaydi va uning ishlash tezligi 3.6 Gbit/sekundgacha yetishi mumkin. Bluetooth 5.2 Qualcomm'ning takomillashgan audio imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Simli bog‘lanishda chip USB 3.1 va Quick Charge 4+ ni taqdim etadi.

Snapdragon 780G bilan jihozlangan birinchi smartfon keyingi uch oy ichida sotila boshlaydi.

O‘QING: Mobil protsessorlar bozorida endi Qualcomm lider emas!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!