Qurilmani Game Boy’ga aylantiradi: Nintendo smartfon uchun maxsus g‘ilof yaratdi

  •   Saroy
  •  421
  •  08.10.2018 11:54

Qurilmani Game Boy’ga aylantiradi: Nintendo smartfon uchun maxsus g‘ilof yaratdi

Nintendo o‘z muxlislarining sog‘inch hislarini to‘lqinlantirib yuborishni yaxshi ko‘radi.  Buning barchasi 2016 yilda  «Dendi» o‘yinidan keyin boshlandi. Shundan keyin SNES Classic Edition chiqdi. Chamasi kompaniya shu bilan to‘xtab qolmaqchi emas, zamonaviy smartfonlardan Game Boy portativ pristavka yasamoqchi.

Kompaniya yaqinda smartfonlar uchun noodatiy g‘ilofning konstruksiyasiga patent oldi. Faqat ushbu g‘ilofning soat va bildirishnomani ko‘rsatib turadigan odadiy darchasida Game Boy bilan klassik tugmalar to‘plami mavjud, deb xabar beradi Verge resursi.

O‘QING:O‘yin tamom, do‘konni yoping: Nintendo emulyatorli saytlar egalarini sudga bermoqchi

G‘oya notanish emas, Game Boy fanatlariga ushbu maxsus g‘ilofni sotib olish va o‘yinni eski konsol orqali yuklab olishiga to‘g‘riga keladi. Bunday g‘ilof unchalik qimmat bo‘lishi mumkin emas, chunki elektronikadan faqat tugmalar qoladi, smartfonni esa u ekran sifatida foydalanadi.

Boshqa kompaniyalar ham avval bunday g‘oyani amalga oshirishga urinib ko‘rgan edi, lekin Nintendo’siz ular litsenziyali o‘yinlarni taqdim eta olmaydi, shu bois emulyatorlardan foydalanishga to‘g‘ri keladi.

O‘QING:Sony afsonaviy PlayStation konsolini savdoga qaytarmoqchi

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!