Ramkasiz Xiaomi Mi Mix displeyi Sharp tomonidan tayyorlangan

Ramkasiz Xiaomi Mi Mix displeyi Sharp tomonidan tayyorlangan

Shu hafta Xitoyning Xiaomi kompaniyasi bir nechta gadjetlar taqdimotini o‘tkazdi. Ular orasida ramkasiz smartfon – Xiaomi Mi Mix ham bor. Yangi model to‘liq keramik korpus va kuchli texnik parametrlarga ega bo‘lgan. 4PDA saytining ma’lum qilishicha, model tashqi tarafdan Yaponiyaning Sharp firmasi tayyorlagan Aquos Crystal modeliga o‘xshab ketadi. Albatta, bu bejizga emas. Sababi Xiaomi Mi Mix displeylari aynan yaponiyalik gigant tomonidan ishlab chiqarilmoqda.

Sharp kompaniyasi CeaTech 2016 ko‘rgazmasida Sharp Corner R nomli ramkasiz smartfon prototipini namoyish qilgan edi.

Ramkasiz Xiaomi Mi Mix aniqligi 1920 x 1080 piksel bo‘lgan displey bilan jihozlangan, ekranning diagonali 6,4 dyumni tashkil qiladi. Bir dyumdagi 363 ta piksel mavjud.

Bundan tashkari, Xiaomi Mi Mix modeliga OmniVision OV16880 sensorida ishlaydigan 16 MPli asosiy kamera hamda 5 MPli (OV5675 sensori bilan) old kamera o‘rnatilgan.

Innovatsion smartfon 4 noyabrda sotuvga chiqadi. 4 GB tezkor va 128 GB doimiy xotira o‘rnatilgan versiyasining narxi – 515 dollar.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.