«Raqamli Avlod-2021» onlayn oromgohining qishki mavsumiga marhamat!

  •   DiMaX
  •  717
  •  31.12.2020 11:04

«Raqamli Avlod-2021» onlayn oromgohining qishki mavsumiga marhamat!

2021 yil 4–8 yanvar kunlari «Online Digital Camp «Raqamli Avlod-2021» onlayn oromgohining qishki mavsumi bo‘lib o‘tadi. Bu to‘g‘rida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar bermoqda.

O‘QING: Yangi yilni yangilangan UNLIM tariflari bilan kutib olamiz!

Mazkur yirik tadbirning asosiy maqsadi butun O‘zbekiston yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalari haqida bilimlarini oshirish va zarur ko‘nikmalariga o‘rgatish hamda AKT sohasidagi jarayonlariga keng jalb qilishdan iborat.

Besh kun ichida professional mentorlar tomonidan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha onlayn darslar o‘tkaziladi:

  • mobil dasturlash;
  • desktop dasturlash;
  • web dasturlash;
  • media;
  • dizayn;
  • robototexnika.

Bundan tashqari, media oromgoh davomida ishtirokchilarni AKT sohasidagi tajribali va taniqli spikerlar bilan suhbatlar kutmoqda!

Media oromgohda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak: https://digitalgeneration.uz/portfolio/online-digital-camp-raqamli-avlod-2020-qishki-mavsum/

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 24–28 avgust kunlari «Digital Camp – «Raqamli Avlod – 2020» bo‘lib o‘tdi. Unda yoshlarga zamonaviy IT yo‘nalishlari bo‘yicha AKT sohasidagi nufuzli mahalliy hamda xorijiy mutaxassislar ishtirokida master klasslar o‘tkazildi.

O‘QING: Operator ilovasi 2021 yilda ham har gal 3750 MBgacha bonuslar sovg‘a qilishda davom etadi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!