Raqamli O'zbekiston 2023-yilda: Internet statistikasi

Raqamli O'zbekiston 2023-yilda: Internet statistikasi

Hozirgi kunda O'zbekiston 35 million atrofidagi aholiga ega. Datareportal 2023-yil yanvar oyiga ko'ra tayyorlangan statistik ma'lumotlarga ko'ra, ushbu aholining 90 foizdan ortig'i mobil aloqaga ulangan va u mamlakatning 85.9 foizini qamrab oladi.

Biroq Internetga ulanganlar soni biroz shubhali. Xalqaro elektraloqa ittifoqi O'zbekistondagi Internetga ulanganlar soni 76.6% ekanligini ta'kidlaydi. Jahon faktlar kitobi va Dunyo Internet statistikasi bergan ma'lumotlarga qaraganda esa ularning soni 17.16 million ekanligini ko'rishimiz mumkin. O'zbekistondagi o'rtacha internet tezligiga keladigan bo'lsak, u quyidagicha:

  • o'rtacha mobil internet tezligi: 14.55 mb/sekund (+6.4 foizga o'sgan)
  • o'rtacha simli internet tezligi: 45.17 mb/sekund (+24.7 foizga o'sgan)

Bunda asosiy internet trafigi mobil qurilmalardan keladi – 69.89%. Qolgani kompyuter (29.7%) va planshetlarga (0.74%) tegishli hisoblanadi.

Ma'lum bo'lishicha, mamlakatimizdagi Internet foydalanuvchilarining 73.81 foizi Chrome brauzeridan foydalanishadi. Apple qurilmalari egalari foydalanadigan Safari 8.16%, Galaxy egalari foydalanadigan Samsung Internet 5.85%, ko'pincha kompyuterlarda foydalaniladigan Microsoft Edge 1.80%, Firefox 1.01% va Opera esa 1% ulushga ega.

Brauzerlardagi qidiruv tizimlariga keladigan bo'lsak, Google bu borada shubhasiz "qirol" – u 83.52% ulushga ega. Undan keyingi o'rinni Google'ning ruscha analogi, Yandex qidiruv tizimi 14.59% bilan egallagan.

Bu qidiruv tizimlarida eng ko'p maktablarda foydalaniladigan Kundalik platformasi, Google Translate yoxud tarjimon saytlar, ob-havo va boshqa media manbalar qidirilgan.

Internetni ijtimoiy tarmoqlarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Berilgan ma'lumotlarga ko'ra, mamlakatimizda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari soni 5.35 millionni tashkil qiladi. Bu aholining 15.3 foizi bo'lib, ularning 32.7 foizi ayollar va 67.3 foizi esa erkaklarni tashkil qiladi.

Garchi ijtimoiy tarmoq bo'lmasa ham Telegram O'zbekistondagi eng mashhur platforma ekanligi hech kimga sir emas. Undan keyingi o'rinda esa Instagram mamlakatimizdagi barcha ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining 30 foizini qamrab olgan. Pinterest platformasi 22.82% ulushga ega ekanligi biroz shubhali ko'rinadi. Facebook (15.12%) va Twitter (4.83%) ham o'z o'rniga ega.

YouTube'ga keladigan bo'lsak, u 20% ulushga ega. Undan eng ko'p kino, multfilm va musiqalar qidirilgan.

O'QING: Internet 2023 yilda: statiska va raqamlar