Rasman! Huawei birdaniga uchta yangi smartfonini namoyish qildi

Rasman! Huawei birdaniga uchta yangi smartfonini namoyish qildi

Huawei kompaniyasi hozirgina bir qancha yangi smartfonlarini taqdim qildi. Bular, Nova 5, Nova 5 Pro va Nova 5i modellaridir. Smartfonlar bir-biridan asosiy xususiyatlarga ko‘ra farq qiladi, shu bilan birgalikda ko‘rinish jihatidan juda o‘xshash.

Nova 5 Pro va Nova 5 aslida faqat platformasi bilangina farqlanadi: birinchisiua Kirin 980 bo‘lsa, ikkinchisiga esa 7 nanometrlik yap-yangi Kirin 810 protsessori o‘rnatilgan. Ushbu yakkakristalli tizim 2,27 GGs chastotali ikkita Cortex-A76 hamda 1,8 GGs chastotali oltita Cortex-A55 yaderlaridan, NPU blogi, GPU Mali-G52 videotezlashtirgichidan tashkil topgan.

Представлена 7-нанометровая SoC Kirin 810

Smartfonlarga qaytadigan bo‘lsak, ularning ekrani juda o‘xshash – ikkala qurilmaga ham Full HD+ aniqligidagi, diagonali 6,4 dyumli, ekran osti skanerli displey o‘rnatilgan. Akkumulyator hajmi ham bir xil – 3500 mA/soatlik. Qolaversa, smartfonlar yarim soat ichida batareyani 85 foizga to‘ldirish imkonini beruvchi 40 vattlik tezkor zaryadlashni qo‘llab quvvatlaydi.

Qurilmalarning kamera blogida ham farq mavjud emas. Selfi-kamera 32 Mplik bitta, asosiy kamera esa 48, 16, 2 va 2 Mplik to‘rtta datchikdan tashkil topgan.

Представлены смартфоны Huawei Nova 5, Nova 5 Pro и Nova 5i

Operativ va doimiy xotira kichik modelda 8 va 128 Gbni, katta modelda esa 8 va 128/256 GBni tashkil qiladi. Narxga masalasiga keladigan bo‘lsak, Nova 5 uchun 405 dollar, Nova 5 Pro uchun esa 435 dollar so‘ralmoqda. Umuman olganda, narx borasida e’tiroz bo‘lishi mumkin emas.

Представлены смартфоны Huawei Nova 5, Nova 5 Pro и Nova 5i

Hamyonbop Nova 5i modeli haqida gapiradigan bo‘lsak, ushbu model 290 yoki 320 dollardan narxlanadi. Ushbu qurilmaga huddi katta modeldagi smartfonlar kabi, yagona farqi faqat IPS bo‘lgan ekran, Kirin 710 protsessori, 24 megapiksellik old kamera, 48, 16, 2 va 2 Mplik to‘rtta datchikdan tashkil topgan asosiy kamera o‘rnatilgan. Akkumulyator hajmi esa moshqa modellarnikidan kataroq – 4000 mA/soatlik, ammo faqatgina 10 vattgacha quvvatda zaryadlana oladi.

Представлены смартфоны Huawei Nova 5, Nova 5 Pro и Nova 5i

Nova 5 Pro va Nova 5i smartfonlari 28 iyundan, Nova 5 esa 20 iyuldan boshlab sotila boshlaydi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.