RASMAN: «Malika»dagi do‘konlar yopilishini Davlat soliq qo‘mitasi izohladi: 308 million so‘mlik tovarlar olib qo‘yilgan!

  •   DiMaX
  •  1884
  •  15.11.2018 10:46

RASMAN: «Malika»dagi do‘konlar yopilishini Davlat soliq qo‘mitasi izohladi: 308 million so‘mlik tovarlar olib qo‘yilgan!

Kuni kecha poytaxtimizdagi «Fleshka» texnomarkazi – xalq tili bilan aytganda «Malika» bozori ishlamayotgani haqida xabar bergandik. Ushbu masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi rasmiy izoh berdi.

O‘QING: «Malika»dagi do‘konlar ishlamayapti – nima gap o‘zi?

DSI Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi tomonidan e’lon qilingan xabarda ta’kidlanishicha, Toshkent shahridagi maishiy texnika vositalari savdosiga ixtisoslashgan «Malika» savdo majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan nazorat tadbiri tashkil etilgan.

Ushbu holat yuzasidan Davlat soliq qo‘mitasi quyidagilarni ma’lum qiladi:

Joriy yilning 13 noyabr kuni «Malika» savdo majmuasida Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida 13 nafar fuqaro tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan, chet elda ishlab chiqarilgan va respublikamizga yashirin yo‘llar orqali olib kirilgan, hech qanday hujjatlarsiz maishiy texnika savdosi bilan shug‘ullanayotganligi aniqlangan.

Ushbu fuqarolar iste’molchilar huquqlarini qo‘pol ravishda buzib, sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan tovarlar savdosi hamda sog‘lom raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan holda, davlat byudjeti oldida majburiyatlarni bajarmay, umuman soliqlarni to‘lamagan.

O‘QING: Bojxonada haqiqiy tilla smartfon ushlab qolindi!

DSI izohida ta’kidlanishicha, nazorat tadbiri davomida davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan noqonuniy ravishda savdoga qo‘yilgan umumiy qiymati qariyb 308 mln. so‘mlik so‘mlik 66 ta maishiy texnika vositalari, 7,8 mingta uyali aloqa vositalari va aksessuarlar O‘zbekiston Respublikasining «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi»ning 176-moddasiga asosan, masala qonuniy hal bo‘lguniga qadar vaqtinchalik olib qo‘yilgan.

Davlat soliq qo‘mitasi belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan va qonuniy faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning savdo bilan shug‘ullanishi uchun hech qanday to‘sqinlikka yo‘l qo‘yilmasligini ma’lum qiladi.

Aytish kerakki, Terashop.uz internet-do‘konimiz belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan va qonuniy tarzda o‘z faoliyatini yuritmoqda. Bu yerdan siz turli elektrotexnika jihozlarini onlayn usulda xarid qilishingiz mumkin.

O‘QING: Terashop.uz’da Samsung smartfonlari narxlari (2018 yil 7 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!