RASMAN: OnePlus «flagmanlar kushandasi»ning taqdimot sanasi va joyini aytdi

  •   DiMaX
  •  609
  •  08.10.2018 18:49

RASMAN: OnePlus «flagmanlar kushandasi»ning taqdimot sanasi va joyini aytdi

«Flagmanlar kushandalari»ni ishlab chiqaruvchi xitoylik smartfonsozning OnePlus 6T rusumli navbatdagi qurilmasi ham tayyor. Uning keyingi haftada – 17 oktyabr kuni rasman namoyish etilishi kutilayotgan edi.

O‘QING: 17 oktyabrda namoyish etiladigan OnePlus 6T flagmanini MUTLAQO BEPUL olasizmi?

OnePlus kompaniyasi bugun – 8 oktyabrda ushbu flagmanining taqdimot sanasini rasman ma’lum qildi. Unga ko‘ra, OnePlus 6T modeli 17 emas, balki 30 oktyabr kuni, Nyu-York shahrida tashkillashtirilayotgan tadbirda ommaga ko‘rsatiladi.

Aytish kerakki, OnePlus 6T tomchisimon «kemtik»ka ega romsiz displey, unga tatbiq etilgan barmoq izi skaneri bilan ta’minlangan. Snapdragon 845 protsessoriga tayanuvchi mazkur smartfon qadoqdanoq Android 9.0 Rie operatsion tizim talqini bilan jihozlangan. Unga 8 gigabaytlik tezkor va 256 gigabaytlik doimiy xotira o‘rnatilishi aytilmoqda.

O‘QING: Bollivud afsonasi allaqachon OnePlus 6T flagmanini «jonli» ko‘rsatyapti! (rasmiy video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!