RASMAN: Samsung hamyonbop Galaxy M smartfonlarining taqdimot kunini e’lon qildi!

  •   DiMaX
  •  2426
  •  14.01.2019 18:07

RASMAN: Samsung hamyonbop Galaxy M smartfonlarining taqdimot kunini e’lon qildi!

Janubiy koreyalik texnogigantning yangi va eng arzon – Galaxy M turkumidagi smartfonlarining rasmiy namoyishini dunyo bo‘yicha ko‘pchilik intiqlik bilan kutmoqda. Ularning narxlari va ayrim jihatlarini bugun Samsung xodimi rasman e’lon qilgan edi.

O‘QING: Shu oydayoq sotuvga chiqayotgan Galaxy M10, M20 va M30 narxlarini Samsung rasman e’lon qildi!

Endi esa Samsung kompaniyasi Galaxy M turkumidagi qurilmalarining rasmiy namoyish sanasini o‘zining rasmiy sayti orqali e’lon qildi. Unga ko‘ra, yangi seriyadagi smartfonlarning taqdimoti 28 yanvar kuni Hindistonda bo‘lib o‘tadi. Saytdagi maxsus sahifada yangi smartfonning ayrim xususiyatlari ham suratlar bilan berilgan.

Xabarlarga ko‘ra, dastlab yangi turkumning ikkita vakili – Galaxy M10 hamda Galaxy M20 taqdim etiladi. Galaxy M30 modelining namoyishi esa keyinroqqqa qoldirilishi mumkin. Ushbu smartfonlar faqat Amazon internet-do‘koni orqali onlayn usulda sotiladi.

O‘QING: Galaxy M30 arzon bo‘lsa-da, uchtalik kameraga va naq 5000 mA/soatlik akkumulyatorga ega!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.