RASMAN: Xiaomi kompaniyasi 3D Face skaneriga ega Mi 8 flagmanining taqdimot kunini ma’lum qildi

  •   DiMaX
  •  5647
  •  15.05.2018 17:05

RASMAN: Xiaomi kompaniyasi 3D Face skaneriga ega Mi 8 flagmanining taqdimot kunini ma’lum qildi

Shu kunlarda butun dunyo ahli Xiaomi Mi 7 flagmanining namoyish etilishini kutmoqda. Biroq yaqinda ma’lum bo‘lishicha, xitoylik korporatsiya navbatdagi modelini kompaniyaning sakkiz yilligi sharafiga Mi 8 nomi ostida chiqarishni rejalashtirayotir.

O‘QING: Kutilmagan xabar: Xiaomi’ning yangi flagmani Mi 7 emas, Mi 8 bo‘lar ekan!

Bir necha soat avval Xiaomi kompaniyasi Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z sahifasi orqali ma’lum qilishicha, ushbu smartfon joriy oyning so‘ngida Shenchjen shahrida taqdim etiladi. Shuningdek, korporatsiyaning yuqori martabali xodimlaridan biri ushbu modelning Xiaomi Mi 8 deb nomlanishini, uning asosiy o‘ziga xosligi esa 3D Face yuz skaneri bo‘lishini aytgan. Bu so‘zlarning isboti sifatida u yangi telefon kameralar tizimining suratini internetga joylagan.

Bilamizki, kupertinolikning iPhone X modelidagi TrueDepth kameralar tizimi Face ID – qiyofani uch o‘lchamli skanerlash tizimi uchun qo‘llanadi. Payqash qiyin emaski, Xiaomi Mi 8 flagmani ham shunga o‘xshash kameralarga ega bo‘lib, uning biometrik skanerlash texnologiyasi 3D Face deb nomlanadi. Ushbu biometrik skaner kishi yuzining 3D-modelini yarata oladi va tizimdagi maxsus infraqizil sensor evaziga qorong‘ilikda ham bemalol ishlaydi.

Xiaomi Mi 7 ekrani suratlari chiqdi: «o‘yiq»li ekran va to‘laqonli 3D Face yuz skaneri!

Aytish kerakki, shu paytgacha ko‘pgina Android-smartfonlarda yuzni skanerlovchi Face Unlock funksiyasi mavjud bo‘lib, u dasturiy ta’minot darajasidagina ishlaydi va unchalik ishonchli emas. 3D Face texnologiyasi esa, xuddi kupertinoliklar superflagmanidagi Face ID singari, apparat ta’minoti (maxsus datchiklar) evaziga faoliyat yuritadi va qiyofani aniq skanerlaydi.

Mi 8 flagmani 23 may kuni taqdim etilishi va 440 AQSh dollari narxida bozorga chiqarilishi taxmin qilinmoqda. Bu smartfonning shu paytgacha ma’lum bo‘lgan barcha xususiyatlari, suratlari avvalgi maqolalarimizda (Xiaomi Mi 7 nomi bilan) berilgan.

O‘QING: Xiaomi Mi 7’ni «jonli» suratlarda ko‘rsatishdi: qo‘shaloq kamera va «kemtik»li ekran

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!