RASMAN: Xiaomi Mi Note 3 ham Mi Mix 2 bilan baravar taqdim etiladi

  •   DiMaX
  •  1606
  •  08.09.2017 13:01

RASMAN: Xiaomi Mi Note 3 ham Mi Mix 2 bilan baravar taqdim etiladi

Xiaomi prezidenti kompaniyaning yana bir flagman qurilmasi – Mi Note 3 fableti ham tez orada namoyish etilishi haqida xabar berdi. Aftidan, u ham Mi Mix 2 devaysi bilan birga – 11 sentyabrda taqdim qilinadi, deb yozadi GizmoChina.

Xuddi Mi 6 kabilekin kattaroq

Mazkur gadjetini Xiaomi o‘zining amaldagi flagmani – Mi 6 smartfonining kattaroq nusxasi sifatida taqdim etayotir. Mi Note 3 ekrani ikki yonigacha ham qayrilgan, korpusi esa shishadan ishlangan bo‘ladi.

Mi 6 diagonali 5,15 dyuymli displeyga ega bo‘lsa, Mi Note 3 ekrani 5,7 dyuymlik diagonalga ega bo‘lishi taxmin qilinayotir. Shuningdek, u Snapdragon 835 protsessorida ishlaydigan bo‘lishi ehtimoli yuqori.


Xiaomi Mi Note 3’ning taxminiy xususiyatlari:

• Protsessor: Qualcomm Snapdragon 835 10nm 64-bit, 8 yadroli (4x 2.2 GGs va 4x 2.4 GGs );

• Ekran: diagonali 5,7 dyuym, sig‘imi 1080x1920 pikselli;

• Tezkor xotira: 6 GB;

• Doimiy xotira: 64 va 128 GB;

• Asosiy kamera: qo‘sh ob’yektivli, ikki karra optik zumga ega, 12 megapikselli;

• Old kamera: 8 megapikselli;

• Akkumulyator: 4000 mA/soat.

 Mazkur fablet ham bir nechta modifikatsiyali variantlarda chiqarilishi mumkin. Nima bo‘lganda ham, iPhone 8 taqdimotidan oldingi kunni kutish uchun Xiaomi ixlosmandlarida kamida ikkita sabab bor: romsiz Mi Mix 2 va katta ekranli Mi Note 3.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.