Rasman! Redmi Note 8’ning 64 megapikselli kamerasi taqdim qilindi! 100 MP lik ilk smartfon ham Xiaomi'ga tegishli!

Rasman! Redmi Note 8’ning 64 megapikselli kamerasi taqdim qilindi! 100 MP lik ilk smartfon ham Xiaomi'ga tegishli!

Kutilganidek, Xiaomi kompaniyasi Redmi Note 8’ning 64 megapikselli kamerasining namoyishini o‘tkazdi. Datchik yangi emas, ammo kompaniya yana bir bor uning xususiyatlarini eslab o‘tishga qaror qilgan. Shuningdek, “Xitoycha Apple” rasman dunyoda birinchi bo‘lib 100 megapikselli (Samsung ISOCELL) aniqligidagi datchikka ega smartfonni yaratishini ma’lum qildi.

Xiaomi представила 64-мегапиксельную камеру смартфона Redmi Note 8 и анонсировала 100-мегапиксельную, которая может появиться в Mi Mix 4

64 megapikselli kamera optik formati  1/1,7 dyum bo‘lib, datchik (Sony IMX600) ham xuddi shu formatda. Aytilishicha, u 48 megapiksellik datchikka qaraganda 34 foiz ko‘proq yorug‘likni qamray oladi. Shuningdek, avvalgidek to‘rtta pikselni bittaga birlashtirish imkoniyati saqlanib qoladi. Bunday aniqlikda, piksellarning birlashuvidan so‘ng umumiy o‘lcham 16 Mpni tashkil qiladi. Bunda, olingan bitta suratning hajmi 19 MB ga yetib, 2,44 x 3,26 m o‘lchamdagi bannerga bosib chiqarish mumkin bo‘ladi.

Marosim so‘ngida aytib o‘tilgan 100 megapikselli datchik haqida esa ma’lumotlar ancha kam. Aniqroq qilib aytganda, ushbu kamerada olingan suratning maksimal aniqligi 12032 x 9024 pikselni tashkil qiladi. Ushbu datchik birinchi bo‘lib Mi Mix 4 smartfoniga o‘rnatilishi mumkin.

O‘QING: Redmi Note 7 rekord darajada arzonlashdi!