Rasmiy: Nokia 8 flagmani sotuvga chiqarildi

Rasmiy: Nokia 8 flagmani sotuvga chiqarildi

Shu yilning 17 avgustida Nokia'ning ilk kuchli -- Nokia 8 smartfoni taqdim qilingan edi. Flagman 5.3 dyuymli Quad HD displey, 8 yadroli kuchli Snapdragon 835 protsessori hamda qo‘sh sensorli bosh kamerasi bilan o‘ziga xos.

Kecha -- 6 sentyabrda Nokia 8 flagman smartfoni rasman Germaniya hamda Avstraliyada sotuvga chiqarildi. Devays tez orada boshqa smartfon bozorlarini ham "zabt" etadi.

Germaniyada Nokia 8 uchun 579 yevro so‘ralmoqda. Ya’ni, bu taxminan 690 AQSh dollariga teng. Shuningdek, Amazon tarmog‘idan xarid qilingan Nokia 8 uchun bepul 64 gigabaytli SanDisk Ultra microSDXC xotira kartasi qo‘shib berilmoqda. Avstraliyada smartfon 799 avstraliya dollari, aniqrog‘i 719 AQSh dollaridan sotilmoqda.

Mobil aloqa vositasining tezkor xotira sig‘imi 4 (DDR4X), doimiy xotira esa 64 gigabaytli (UFS 2.1). Smartfon 256 GB.gacha bo‘lgan qo‘shimcha xotirani qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, Nokia 8'ning ko‘k korpusli talqiniga 128 gigabaytli xotira o‘rnatiladi.

Nokia 8 Android 7.1.1 (Nougat) tizimida ishlaydi. Ishlab chiqaruvchining so‘zlariga ko‘ra, gadjetda Android xavfsizlik tizimi har oy yangilanadi.

Nokia 8 devaysining bosh kamerasi 13 megapikselli 2 ta sensordan iborat. Ular manzarani oq-qora va rangli ko‘rinishda, shuningdek keng burchak ostida muhrlaydi. Sensorlarning optik linza sig‘imi f/2.0 hajmli. Selfi suratlar uchun ham 13 megapikselli sensor tanlangan. Odatga ko‘ra, ularda ZEISS linzalaridan foydalanilgan.

Smartfon aloqaning 4G VoLTE, Wi-Fi 802.11ac (MIMO), Bluetooth 5.0, GPS/ GLONASS, USB Type-C 3.1 Gen 1, NFC kabi tarmoqlarida ishlaydi. Uning quvvati uchun 3090 mA soat sig‘imli, Qualcomm Quick Charge 3.0 tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega akkumulyator javobgar.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!