Rasmiy video: Galaxy Note 9 naq bir terabaytlik rekord xotiraga ega!

  •   DiMaX
  •  2756
  •  04.08.2018 11:14

Rasmiy video: Galaxy Note 9 naq bir terabaytlik rekord xotiraga ega!

Samsung kompaniyasi 9 avgustda taqdim etiladigan Galaxy Note 9 fableti uchun allaqachon oldindan buyurtma ola boshlagan. Ammo bu qurilmaning texnik xususiyatlarini hanuz rasman ma’lum qilmayapti.

O‘QING: Samsung hali taqdim etilmagan Galaxy Note 9’ni allaqachon sotuvga chiqardi!

Lekin ushbu smartfonning insayderlar tomonidan internetga chiqarib yuborilgan rasmiy videosi uning ayrim jihatlarini oshkor etdi. Jumladan, Galaxy Note 9’ning yangilangan stilusi sariq rangda bo‘lar ekan.

Shuningdek, mazkur tizerda ta’kidlanishicha, Galaxy Note 9 planshetofoni rekord darajadagi – naq bir terabaytlik xotiraga ega talqinda ham chiqariladi. Aniqrog‘i – uning doimiy xotirasi hajmi 512 gigabaytga teng; ammo yana shuncha hajmli microSD-karta qo‘yish bilan smartfon bir terabaytlik xotiraga ega bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, mazkur videolavhada fabletning boshqa qiziq jihatlariga ham ishora qilingan. Jumladan, foydalanuvchi interfeysida «sun’iy ong»ning ajoyib tarzda qo‘llanilishi, kamera ishining yaxshilanganligi va akkumulyator quvvatining to‘liq bir kunga yetishi va hokazo.

O‘QING: Bunaqasi bo‘lmagan: Galaxy Note 9 buyurtmachilarga Samsung Smart TV sovg‘a!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!