Razer Phone 2: qurilma dizayni press-renderlarda namoyish qilinmoqda

  •   Saroy
  •  498
  •  29.09.2018 15:05

Razer Phone 2: qurilma dizayni  press-renderlarda namoyish qilinmoqda

Yaqinda kuchli o‘yin smartfonining matbuotda tasviri namoyish qilindi va ma’lum bo‘ldiki, yangi apparatning dizayni o‘zgarmaydi. Bir necha hafta avval qurilmaning old qismi ko‘rsatilgan edi, u amalda xuddi original Razer Phone’ga o‘xshab ketadi.  

Ko‘zga ko‘ringan farqi shuki, qurilmada ikkita kamera moduli joylashtirilgan. Endi svetodiod chaqnoq kameralar o‘rtasida turibdi va barcha modullar o‘rtaga siljigan.

Yangi Razer’da logotip yonib turadimi, yo‘qmi, hozircha aytish qiyin. O‘tgan yilgi smartfonda bu oddiy plastik qatlam edi. Bu safar apparat  RGB-chiroq bilan ta’minlanishi mumkin. Umuman olganda, foydalanuvchilar  inkrementli (naqshli) yangilanishni kutishmoqda, lekin haqiqiy tafsilotlari faqat 10 oktyabrdan keyin ma’lum bo‘ladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.