Realme 5s taqdim qilindi

Realme 5s taqdim qilindi

Asosiy kamerasi 48 megapiksel bo‘lgan to‘rt kamerali Realme 5s smartfoni (12MP asosiy kameraga ega) Realme 5'ning yangilangan talqini hisoblanadi.

Yangi qurilmaning 48 megapikselli Samsung GM1 kamerasidan tashqari boshqa kameralari Realme 5'niki bilan bir xil: 8MP 119° ultra keng burchakli, 2MP makro va 2MP sath kamerasi.Bundan tashqari, smartfon korpusi ranglari qatoriga yangi — kristal qizil rangi ham qo‘shilgan bo‘lib, bu qirmizi va ko‘k ranglar qo‘shilmasi hisoblanadi. Xotira sig‘imi esa ikki talqinda: 4/64GB va 4/128GB bo‘ladi.

Realme 5s'ning boshqa jihatlari o‘zgarmagan. 6.5 dyuymli 720p+ displey, Snapdragon 665 chipi va 5 000 mA/soatli akkumulyator shular jumlasidan.Yangi devaysning ilk savdolari 29-noyabr kuni Flipkart va realme.com saytlarida boshlanadi. Kompaniya mahsulotini 139 (4/64GB) va 153 (4/128GB) AQSh dollariga baholamoqda. Albatta, ma’lum muddatdan so‘ng, smartfon joylardagi do‘konlarga ham yetib boradi, lekin bu qachon amalga oshishi hozircha noma’lum.

O‘QING: «Xiaomi, chetroq tur!» – 367 dollarlik Realme X2 Pro flagmani taqdim etildi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!