realme 9 Pro va realme 9 Pro+ smartfonlari taqdim etildi

realme 9 Pro va realme 9 Pro+ smartfonlari taqdim etildi

realme kompaniyasi o‘zining realme 9 Pro va 9 Pro+ smartfonlarini taqdim etdi. Ikki qurilma kuchli o‘rta toifadagi chip, katta hajmdagi akkumulyator, tezkor quvvatlash texnologiyasi hamda yuqori rezolyutsiyadagi asosiy kameraga ega. 

O‘QING: Samsung Galaxy A23 smartfoni Geekbench ma’lumotlar bazasida paydo bo‘ldi 

realme 9 Pro+ 

realme 9 Pro+ modeli 90Hz ekran yangilanish chastotasida ishlovchi FullHD+ rezolyutsiyadagi AMOLED displeyi bilan jihozlangan. Displey ostiga barmoq izi skaneri o‘rnatilgan bo‘lib, u bir vaqting o‘zida yurak urishini o‘lchovchi sensor vazifasini ham bajaradi. 

5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi Dimensity 920 chipi o‘rta toifadaning kuchli chipsetlaridan biri hisoblanadi. U 6/8GB tezkor va 128/256GB doimiy xotira bilan integrallasha oladi. 

Smartfonning eng kuchli tomoni bu - uning kameralarida. Qurilmadagi 50MP Sony IMX766 sensori Oppo Find X3 hamda realme GT 2 Pro kabi flagman smartfonlarga ham o‘rnatilgan. Kamera modulidan, shuningdek, f/2.2 diafragmadagi 8MP ultrakeng va f/2.4 diafragmadagi 2MP makro kameralar o‘rin olgan. 

Displey yuqori qismining chap tomonida joylashgan selfi kameraning rezolyutsiyasi 16 megapikselni tashkil qiladi. 

realme 9 Pro+ uch xil rangda taqdim etildi. Ularning ichida eng qiziqarli rang Sunrise Blue bo‘lib, uning rangi quyosh nurida ko‘k rangdan qizg‘ish pushti rangga o‘zgaradi. Rangni o‘zgartirish uchun smartfonni uch soniya quyosh nuriga qaratib qo‘yish kifoya. Taxmin besh daqiqadan so‘ng u yana ko‘k rangga qaytadi. 

Smartfondagi 4,500 mAs sig‘imli akkumulyator 60 vattda quvvat oladi. To‘liq quvvatlanish uchun smartfon 45 daqiqa vaqt sarflaydi. 

Gadjet Android 12 operatsion tizimida ishlovchi realme UI 3.0 grafik qobig‘ida ishlaydi. Uning Sunrise Black, Aurora Green va Midnight Black rangdagi turlari taqdim etildi. Qurilmaning narxi quyidagicha: 

6/128GB - 335 dollar

8/128GB - 360 dollar

8/256GB 385 dollar 

Smartfon 21-fevralda sotuvga chiqadi. 

realme 9 Pro 

realme 9 Pro yangi juftlikning arzonroq versiyasi hisoblanadi. Tashqi ko‘rinishidan u o‘z “akasiga“ juda o‘xshaydi. Unga 120Hz yangilanish chastotasida ishlovchi 6.6 dyuymli displey o‘rnatilgan, biroq displey turi Pro+ kabi AMOLED emas, balki LCD hisoblanadi. Shuning uchun, barmoq izi skaneri ham qurilmaning yon tomonidan o‘rin olgan. 

realme 9 Pro'ga 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydigan Snapdragon 695 chili o‘rnatilgan. Chip 6/8GB tezkor hamda 128GB doimiy xotiraga ega. 

Ushbu model 64MP asosiy kamera, 8MP ultrakeng kamera, 2MP makro kamera hamda 16MP selfi kamera bilan jihozlangan. 

Hajm jihatidan realme 9 Pro modeli Pro+ smartfonidan katta bo‘lganligi uchun ham, unga kattaroq 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan. Biroq quvvatlanish tezligi Pro+ modeldan sekinroq - 33 vatt. Quvvatlagich smartfon qadog‘idan o‘rin olgan. 

O‘z “akasi“ kabi realme 9 Pro ham Android 12 operatsion tizimiga asoslangan realme UI 3.0 grafik qobig‘ida ishlaydi. 

Ushbu modelning Blue, Green va Black rangdagi turlari mavjud. Smartfonning narxi quyidagicha: 

6/128GB - 240 dollar

8/128GB - 280 dollar 

Qurilma 23-fevral sanasida sotuvga chiqadi. 

O‘QING: Xiaomi'dan keyin Samsung ham Mercedes bilan hamkorlik qilmoqda 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.