realme GT2 Explorer Master modeli taqdim etildi

realme GT2 Explorer Master modeli taqdim etildi

realme kompaniyasi Snapdragon 8+ Gen1 chipiga ega bo‘lgani o‘zining birinchi smartfonini taqdim etdi. realme GT2 Explorer Master flagmani taniqli moda dizayneri Jae Jung bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan. 

Smartfon FHD+ rezolyutsiyasidagi 6.7 dyuymli AMOLED displeyi bilan jihozlangan bo‘lib, u 120 gerts ekran yangilanish chastotasi hamda 360 gerts sensorli namuna olish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. 

Kompaniya ekranning unumdorligi va quvvat sarfini optimallashtiradigan maxsus X7 displey drayver chipini ishlab chiqdi. Ekranning yon va yuqori ramkalrining qalinligi 1.48 millimetr, pastki ramkaniki esa 2.37 millimetrni tashkil qiladi. 

Orqa paneldan Sony IMX766 chipiga ega bo‘lgan 50MP asosiy kamera, 50MP ultrakeng kamera va 2MP makro kamera o‘rin olgan. Old panelda esa 16MP selfi kamera joylashgan. 

Snapdragon 8+ Gen1 chipi Adreno 730 grafik protsessoriga ega bo‘lib, realme X7 chipi bilan birgalikda u yangilanish va sensorli namuna olish chastotalarini yaxshi ishlashini kafolatlaydi. Nazariy jihatdan X7 chipi kadr tezligini o‘yin vaqtida 30fps dan 120fps ga, qolgan vaqtlarda esa 60fps dan 120fps ga oshirib beradi. 

Qurilmaning romlari metaldan ishlangan, orqa panel esa eko charm bilan qoplangan. Qurilma oq va qora ranglarda bo‘ladi. Mexanik tugmalar o‘rniga smartfonga bosimga sezgir bo‘lgan tugmalar o‘rnatilingan. 

Qurilmaga o‘rnatilgan 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator 100 vattda quvvat oladi. To‘liq quvvatlanish uchun smartfon atigi 25 daqiqa vaqt sarflaydi. 

GT2 Explorer Master modeli Android 12 operatsion tizimiga asoslangan realme UI 3.0 grafik qobig‘ida ishlaydi. Smartfondagi metal rom 5G tarmog‘i uchun antenna vazifasini bajarib beradi. Qurilmaga ekranosti optik barmoq izi skaneri o‘rnatilgan. 

Smartfon faqat Xitoy bozori uchun ishlab chiqariladi. Uning narxi taxminan quyidagicha:

8/128GB - 520 dollar

8/256GB - 565 dollar

12/256GB - 595 dollar

Qurilmaga oldindan buyurtma berish mumkin. 19 iyul sanasida yetkazib berish boshlanadi. 

O‘QING: Nokia o‘zining uchta retro smartfonini yangiladi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!