Red Hydrogen One: ilk «golografikli» smartfon

  •   Saroy
  •  548
  •  30.10.2018 13:30

Red Hydrogen One: ilk «golografikli» smartfon

Red kompaniyasi o‘zining dastlabki Hydrogen One smartfonini 2 noyabrda sotuvga chiqarishi haqda e’lon qildi.  Qurilma AQShda  AT&T operatori tomonidan 1295 dollardan sotiladi. Boshqa mamlakatlarda qachon savdoga chiqishi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Hydrogen One ilk «golografikli» smartfon sifatida taqdim etilmoqda. Chunki uning ekrani tasvirni katta qilib bera oladi va natijada ko‘z oynaksiz ham ko‘rsa bo‘ladi. The Verge sharhiga qaraganda, ushbu funksiya yomon ishlamoqda. Bundan tashqari, 3D-kontenti ham internetda unchalik ko‘p emas.

O‘QING: Red Pepper kompaniyasi Meizu M5 Note nusxasini yaratdi

Shu narsani ham tushinish lozimki, bunday funksiyalar ilgari Nintendo 3DS portativ pristavkada bo‘lardi va chamasi, unchalik ommaviylashmadi, chunki yangi Nintendo Switch’dan ushbu funksiya olib tashlangan.

O‘QING: Red Dead Redemption 2 o‘yinining taqdimotini kutmasdan, uni yuklab olish mumkin!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!