Red Magic 8 Pro geyming smartfonlari rasmiy renderlarda!

Red Magic 8 Pro geyming smartfonlari rasmiy renderlarda!

ZTE kompaniyasining nubia – geyming smartfonlar ishlab chiqaradigan brendi o'zining yangi Red Magic 8 Pro smartfonlarini taqdim qilinishini rasman ma'lum qildi. Kompaniya ularning sifatli renderlarini ham ulashgan.

Suratda siz Red Magic 8 Pro smartfonini ikki xil versiyada: biri geyming smartfonlarga xos bo'lgan oddiy dizaynda bo'lsa, ikkinchisi xuddi shuning Nothing Phone 1 kabi shaffof orqa panelga ega variantda. Aynan shu ikkinchi model smartfonlar rasman Qualcomm'ning Snapdragon 8 Gen 2 chipseti bilan jihozlanishini tasdiqlaydi. Ma'lum bo'lishicha, Red Magic 8 Pro seriyasi nafaqat dizayn balki texnik xususiyatlarda ham biroz farq qiladi yoxud Redmi Magic 8 Pro smartfonlarining biri 5,000 mA/s, ikkinchisi esa 6,000 mA/s batareya sig'imiga ega bo'ladi. Shuningdek, renderlarda smartfon old kamerasini ko'rmaysiz, lekin bu u yo'q degani emas: selfi kameralar ekran ostida joylashgan.

Red Magic 8 Pro smartfonlari rasman 26-dekabr kuni taqdim qilinishi kutilmoqda.

O'QING: Samsung o'zining Galaxy qurilmalari uchun yangi poverbank chiqardi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!