Redmi 4A: “Malika”dagi eng arzon Xiaomi| Tavsif

Redmi 4A: “Malika”dagi eng arzon Xiaomi| Tavsif

Hozir siz bilan arzon smartfonlari bilan tanilgan Xiaomi’ning eng arzon mobil aloqa vositalaridan biri bo‘lgan Redmi 4A modeli bilan yaqindan tanishamiz. Ushbu smartfon Xitoyning internet do‘konlarida $90 dollardan boshlab sotilmoqda. Yurtimiz smartfon bozorida ham bu model ancha mashhur. Quyida uning o‘ziga xosliklari to‘g‘risida hikoya qilamiz.

Qadoq to‘plami

Xiaomi Redmi 4A’ning qadog‘i Xiaomi’ning boshqa smartfonlarinikidan farq qilmaydi: smartfon, microUSB kabeli, hujjat, foydalanish yo‘riqnomasi, 1A tok kuchiga ega quvvatlash qurilmasi.

Tashqi ko‘rinish va dizayn

Xiaomi’ning eng arzon smartfonidan o‘ziga xos dizaynni kutish – bir oz xato. Smartfondan ko‘rinib turibdiki, bu model kompaniyaning eng kamsuqum va sipo ishlanmasi. Xiaomi Redmi 4A’ning tashqi ko‘rinishida Redmi turkumi va Mi4i/Mi4c smartfonlarining jihatlari ko‘zga tashlanadi. Shu bilan birga, devays Redmi 4 turkumidan br oz farq qiladi.

Smartfon old panelidan datchiklar, suhbat dinamigi va old kameraning 5 megapikselli moduli o‘rin olgan. Quyida esa — apparat sensor klavishlari hamda «Home» bosh tugmasi ostida o‘tkazib yuborilgan hodisalarning svetodiodli ogohlantirish indikatori mavjud. Xiaomi Mi2s’da ham bu jihat mavjud.

Orqa panel korpusdan ajralmaydi. Fotosuratlarda bu panel metalldan ishlangandek taassurot uyg‘otsa ham, aslida u – plastik xomashyosidan tayyorlangan.

Smartfon yig‘ilishi yuqori sifatli, g‘ichirlash yoki detallarning bo‘shligi kuzatilmaydi. Mexanik klavishlar an’anaga ko‘ra, korpusning o‘ng qismidan o‘rin olgan. Ular kalta bo‘lsa ham, foydalanishga qulay. Korpusning chap biqinda esa 2 ta SIM-karta (nanoSIM+microSIM) yoki 1 ta microSIM + qo‘shimcha xotira fleshkasiga mo‘ljallangan 2 ta gibrid bo‘lmacha mavjud. Telefon apparatining tom qismida — qo‘shimcha mikrofon, infraqizil nurli port hamda audio-quloqchin uchun tuynuk mavjud. Korpus quyisida esa microUSB porti va mikrofon uchun joy ajratilgan.

Orqa panelning yuqorisi, chap tomon burchagida 13 megapikselli bosh kamera ob’yektivi va svetodiodli fotochaqnoq mavjud. Quyida esa, logotip ostida, multimedia dinamigi o‘rnatilgan.

 

Displey

Xiaomi Redmi 4A smartfoni 5 dyuymli hamda HD sig‘imli IPS ekran bilan ta’minlangan. Unda yorug‘likni tashqi yorug‘likka ko‘ra avtomatik belgilaydigan funksiya mavjud. Shuningdek, displeyga dog‘-dug‘ni o‘ziga yuqtirmaydigan maxsus qoplama yotqizilgan. Displey bir oz korpus ichiga kirgizibroq o‘rnatilgan. Bu esa uni tirnalishlardan himoya qiladi.

Xiaomi Redmi 4A’ning ekran tusi ko‘chada bir oz sarg‘aysa ham, ekrandagi ma’lumotlarni o‘qish mumkin. Yorug‘likning barcha diapazonida rang harorati ko‘ngildagidek. Gamma masalasida esa ishonch bilan shunday deya olmaymiz. Harqalay gap hamyonbop smartfon haqida ketmoqda.

Bir oz yon bosgan holda ekranga baho beradigan bo‘lsak, ekran sifati — yaxshi. Bunday displeyni ba’zi bir ishlab chiqaruvchilar qimmat smartfonlarida ham o‘rnatishmoqda.

 

Apparat platformasi

Tavsifimiz qahramoni – Xiaomi Redmi 4A’ning “elektron yurak”chasi uchun Qualcomm Snapdragon 425 (MSM8917) protsessori tanlangan. Bu chipning ma’lumotni qayta ishlash texnik jarayoni 28 nanometrni tashkil qiladi. Ya’ni, kompaniyaning bugungi eng kuchli flagmani protsessoridan 2 barobar sekinroq. Unda 4 yadroli Cortex-A53 protsesori o‘rnatilgan bo‘lib, uning chastota tezligi 1,4 GGs.ni tashkil qiladi. Smartfondagi grafik-tasvirni qayta ishlash uchun esa Adreno 308 videokartasi tanlangan.

Xiaomi Redmi 4A smartfonidagi tezkor xotira sig‘imi 2 gigabayt. Uning 980 megabayti foydalanuvchi ixtiyorida bo‘ladi. Doimiy xotira sig‘imi esa 16 GB bo‘lsa, uning 8,4 gigabayti foydalanuvchiga beriladi. Shuningdek, buni qo‘shimcha xotira fleshkasi yordamida kengaytirish mumkin.

Smartfonlar salohiyatini baholaydigan benchmark natijalari bu smartfonning hamyonbop  protsessorga ega ekanini ko‘rsatadi. Shunday bo‘lsa ham, smartfon ravon va silliq ishlashi bilan talabchan foydalanuvchini ham xursand qiladi.

Xiaomi’ning avvalgi smartfonlari kabi, Redmi 4A ham CDMA tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfon Wi-Fi’ning b/g/n standartlarini, infraqizil port, GPS sun’iy yo‘ldoshi kabi tarmoqlarda ham ishlaydi.

Xiaomi Redmi 4A’da multimedia dinamigi bitta bo‘lsa ham, ovoz sifati — yuqori. Ammo, unda past past chastota yetishmaydi. Suhbat dinamigi va mikrofon ishlashi bo‘yicha ham ommaviy shikoyatlar kuzatilmagan.

Operatsion tizim masalasida: smartfon Android 6.0.1’ning o‘zlashtirilgan MIUI 8.2 talqini boshqaruvida ishlaydi. Bu talqin o‘zining qulayligi bilan barchaning e’tiboriga sazovor bo‘lgan.

Quvvatdorlik

Redmi 4A uchun elektr toki sig‘imi 3120 mA*soat bo‘lgan akkumulyator tanlangan. Bu Redmi 3/Redmi 4 bilan solishtirganda – kam, biroq yomon emas. Ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanganda,  Wi-Fi’ni yoqib qo‘yib ishlatganganda, 3G tarmog‘ida va ekranni maksimal darajada yoritganda, smartfon to‘liq quvvat bilan 1 kun va 17 soat ishlaydi.

Tinimsiz video ko‘rganda esa bu quvvat unga 6 soat va 14 minutga yetadi. Xiaomi Mi4c esa bu borada 3-4 soat natija ko‘rsatgan edi. Ko‘rinib turibdiki, Snapdragon 808’ga qaraganda Snapdragon 425 protsessori sezilarli darajada energo-tejamkor.

Xiaomi Redmi 4A komplektidagi 1A quvvatlash qurilmasi smartfonni sekinlik bilan quvvatlaydi. Vaholanki, ishlab chiqaruvchi unga Qualcomm Quick Charge 2.0 tezkor quvvatlash texnologiyasini joriy qilsa ham bo‘lar edi.

Kameralar

Xiaomi Redmi 4A bosh kamerasi — 13 megapikselli OmniVision OV13850 sensori, uning apertura kengligi – f2.2. Unda Full HD sig‘imli video tasvirga olsa bo‘ladi. Old kamera — 5 megapikselli OmniVision OV5675 sensor bo‘lib, uning apertura kengligi – f2.2.

Kameradagi ilovalar Xiaomi’ning boshqa smartfonlari kabi. Faqat bu yerda qo‘lda sozlash rejimining funksiyalari bir oz kamaytirilgan. Oq tus balansi va ISO’ni o‘zgartirish imkoni mavjud.

Ko‘pchilik foydalanuvchilarning fikricha, Xiaomi Redmi 4A kamerasining ishlash sifati yuqori va puliga nisbatan ancha yaxshi.

Yon bosib aytadigan bo‘lsak, boshqa Xiaomi smartfonlari kabi. bu gadjetning kamera ilovasidagi HDR rejimi ham juda yaxshi ishlaydi. HDR rejimida olingan suratlarga quyidagi fotosuratlar misolida ham baho berish mumkin.

Old kameraning ishlash sifati esa arzon smartfonlarniki kabi.

Video tasvirga olayotganda avtomatik fokusirovkalash sekin ishlashi sifatga bir oz ta’sir qiladi.

Quyidagi fotosuratlarda Xiaomi Redmi 4A kamerasiga baho bering.

 

Xulosa

Xiaomi Redmi 4A puliga nisbatan imkoniyati keng telefon apparati. Xiaomi Redmi 4A va Xiaomi Redmi 4 narxlari o‘rtasidagi farq 200 ming so‘m. Ya’ni, Redmi 4 nisbatan imkoniyatlarga boy. Imkoni yetganlarga bu pul evaziga quvvati uzoqqa yetadigan, metall korpusli va barmoq izlari skaneri mavjud smartfon olishni tavsiya qilamiz.

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

"Малика" савдо мажмуаси 1.1 млн сўм Sotib olish
olx.uz 130 АҚШ доллари Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.