Redmi 5 Plus – to‘liq ekranli hamyonbop smartfon videotavsifi!

  •   DiMaX
  •  3777
  •  25.01.2018 10:20

Redmi 5 Plus – to‘liq ekranli hamyonbop smartfon videotavsifi!

Xiaomi kompaniyasi uchun 2017 yil ancha «serhosil» keldi – o‘tgan yili u naq 13 ta modelda smartfonlar taqdim etdi. Shulardan Redmi 5 Plus rusumli qurilma 18:9 standartli ekranga ega bo‘lib, arzonligi bilan ham ko‘pchilik o‘rtasida qiziqish uyg‘otmoqda.

O‘QING: Xiaomi Redmi 5 va Redmi 5 Plus taqdim qilindi: to‘liq ekranli smartfon $120 dollardan

Shuni inobatga olib, biz ushbu smartfon videotavsifini tayyorlab, YouTube-kanalimizga joyladik. Marhamat, tomosha qiling:

O‘QING: Xiaomi Redmi 5 Plus'ni qadoqdan olib, ilk marotaba tomosha qilamiz!

Xiaomi Redmi 5 Plus smartfonining texnik jihatlari:

Korpus materiali: metall, shisha;

Operatsion tizim: Android Nougat, MIUI 9;

Aloqa tarmoqlari: 2 ta SIM-kartali, GSM (1/3/5/8), CDMA (BCO), WCDMA (1/2/5/8), TD-SCDMA (34/39), TDD-LTE (34/38/39/40/41), FDD-LTE (1/3/5/7/8);

Displey: IPS 5,99'', sig‘imi 2160x1080 piksel (FullHD+), tomonlar nisbati 18:9, ekran yorug‘ligi miqdori 450 nit, kontrast 1000:1, 84% NTSC;

Protsessor: 14 nm, Snapdragon 625, 8 yadroli (Cortex-A53 2,0 GGs);

Grafik chip: Adreno 506;

Operativ xotira: 3/4 Gb;

Doimiy xotira: 32/64 Gb, microSD mavjud;

Interfeys: Wi-Fi 802.11 b/g/n 2.4 GGs, Bluetooth 4.2, microUSB porti, 3.5 mm.li garnitur;

Bosh kamera: 12 Mp (f/2.2), 5 linzali, piksel hajmi 1,25 mkm va PDAF texnologiyasi;

Old kamera: 5 Mp, fotochaqnoq;

Navigatsiya: GPS, GLONASS, BeiDou;

Qo‘shimcha: barmoq izlari skaneri;

Batareya: litiy-polimer (Li-Pol), tok sig‘imi 4000 mA soat;

O‘lchamlari: 158,5 mm x 75,45 mm x 8,05 mm;

Vazni: 180 gramm.

Shu bilan birga, «Terabayt.Uz» saytining YouTube-kanalida yana bir qancha smartfonlarning videotavsifi hamda boshqa videolavhalar mavjudligini eslatib o‘tmoqchimiz. Jamoamiz siz uchun yanada qiziqarli videoroliklar tayyorlab, kanalga joylab borishni niyat qilgan. Unga obuna bo‘lish uchun esa mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Xiaomi smartfonlarini AliExpress orqali «Malika»dagidan arzonroqqa oling!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.