Redmi 6 va Redmi 5: qaysi yaxshi va arzon?

Redmi 6 va Redmi 5: qaysi yaxshi va arzon?

Xiaomi kecha Xitoyda o‘zining Redmi 6 modelini taqdim qildi. Smartfon HD+ displeyi, yap-yangi Helio P22 protsessori, qo‘sh sensorli kamerasi bilan o‘ziga xos. Bir qarashda Redmi 6 o‘zining "akasi" bo‘lmish Redmi 5'dan farq qilmaydi. Biroq tafovutlar bor. Quyida Xiaomi Redmi 6 modelining shu vaqtga qadar yaxshi sotib kelinayotgan va taqdimotiga hali ko‘p bo‘lmagan Xiaomi Redmi 5 bilan taqqoslab ko‘ramiz.

Har ikkala smarfton metall korpus bilan ta’minlangan. Ularning orqa panelida barmoq izi skaneri mavjud. Redmi 6 modelining ekrani diagonali bir oz kichikroq -- 5.45 dyuymli va uning piksellar sig‘imi HD+ (1440 × 720 pixels), ekranning tomonlar nisbati 18:9 o‘lchamli. Ekran 2.5D shakldagi himoya shishasi bilan qoplab olingan.

Uning "akasi" bo‘lmish Redmi 5 esa bir oz kattaroq -- 5.7 dyuymli ekran bilan ta’minlangan. Bu ekranning piksellar sig‘imi ham HD+ (1440 × 720 pixels). Bu ekran ham 18:9 o‘lchamli tomonlar nisbatiga ega bo‘lgan. Ekran yuzasi 2.5D shaklidagi himoya shishasiga ega bo‘lgan.

Har dyuymdagi piksellar soni bo‘yicha Redmi 6 ustun. Bu model ekranining har dyuymida 295 ta piksel bo‘lsa, Redmi 5 modelida 282 ta. Ya’ni, yangi model ekrani yorqinroq.

Redmi 5 modelining platformasi Qualcomm Snapdragon 450 chipiga ega bo‘lgan. Xiaomi kecha taqdimotda ma’lumot berishicha, Redmi 6 ega bo‘lgan yangi MediaTek Helio P22 (MT6762) protsessori samarador. Ushbu chipset joriy yilning may oyida taqdim qilingan edi. O‘rta imkoniyatli mobil qurilmalarga mo‘ljallangan chipsetga 8 ta Cortex-A53 yadrolari o‘rnatilgan. Ma’lumotlarni 12 nanometrli texnik jarayonda qayta ishlaydigan mazkur protsessorning chastota intervali 2.0 Ggs. Ya’ni, uning imkoniyatlari bizga yaxshi tanish Snapdragon 625 hamda Kirin 659 kabi raqiblariniki bilan bir xil.

Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, avvallari arzon smartfonlarda 28 nanometrli protsessorlardan foydalanilar edi. Yangi hamyonboplar esa 12 nanometrli chipga ega bo‘lishgan. Natijada, ularning samarali ishlashi 48% ga oshgan.

Redmi 6 ikki talqinda ishlab chiqariladi: 3 yoki 4 gigabaytli tezkor hamda 32 yoki 64 gigabaytli doimiy xotiraga ega talqinlar. Redmi 6 modelida microSD xotira kartasi uchun bo‘lmacha bor.

Redmi 5 esa 2/3/4 gigabaytli tezkor hamda 16/32/64 gigabaytli doimiy xotiraga ega talqinlarda ishlab chiqarilmoqda. Unda ham microSD bo‘lmachasi mavjud.

Xiaomi Redmi 6 modelining bosh kamerasi uchun 12 hamda 5 megapikselli datchiklar tanlangan. Old kamera aniqligi esa 5 megapikselli. So‘nggi Redmi telefonlari kabi, Xiaomi Redmi 6 kamerasi ham Artificial Intelligence (AI), ya’ni "sun’iy aql" texnologiyasiga ega bo‘lgan. Bu esa unda yaxshi suratlar olish imkonini beradi. Smartfon "facial recognition" funksiyasi bilan ta’minlangan, ya’ni old kamera foydalanuvchi yuzini tekshiruvdan o‘tkazib, tizimni ochadi.

Bosh kameraga xos o‘ziga xosliklardan yana biri shuki, uni biror buyumga qaratsangiz, kameraning "aqlli" tizimi mazkur ob’yekt to‘g‘risida ma’lumot ham beradi. Bunday texnologiya "aqlli tanish" deb nomlangan. Google Lens ham aynan shunday texnologiyalardan biri.

Redmi 5 modelining har ikkala kameralari bir sensorli. Kamera mkoniyatlari borasida hozircha so‘nggi model ustun.

Dasturiy ta’minot masalasida hozircha Redmi 6 ustun. Boisi u eng so‘nggi MIUI 10 (Android 8.1 Oreo) operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydi. Redmi 5 esa bir oz orqada bo‘lgan MIUI 9 talqinida (Android 7.1.2 Nougat) ishlaydi. Biroq bu farq tezda bartaraf qilinadi.

Har ikkala devays qo‘sh sim-kartali, 4G VoLTE, hamda Bluetooth modullariga ega. Yangi modelda Bluetooth 5 tatbiq qilingani ham diqqatga sazovor.

Redmi 6 modelidagi kuch-quvvat tok sig‘imi 3000 mA soat bo‘lgan akkumulyatorga bog‘liq. Bu jihatdan Redmi 5 modeli ustun. Boisi uning quvvat ta’minotiga tok sig‘imi 3300 mA soat bo‘lgan "quvvat toshi" mas’ul qilingan.

Texnik jihatlarni taqqoslang:

Xiaomi Redmi 6

Xiaomi Redmi 5

Ekran: 5.45 dyuymli (1440 × 720 pixels) HD+ 18:9 2.5D qayrilma himoya shishasi

 5.7-inch (1440 × 720 pixels) HD+ 18:9 2.5D qayrilma himoya shishasi

Protsessor: 2 Ggs chastota intervaliga ega sakkiz yadroli, MediaTek Helio P22 (MT6762), 12 nanometrli 

1.8 Ggs chastota intervali, 8 yadroli Snapdragon 450

Video karta: Adreno 650, IMG PowerVR GE8320

Adreno 506 GPU

Tezkor xotira:  3/4GB

2/3/4GB

Doimiy xotira:  32/64GB, microSD bor - 128GB 

16GB / 32GB.64GB, microSD bor - 128GB

Bosh kamera: 12MP + 5 MP bosh kamera, LED fotochaqnoq, 1.25μm piksel hajmli

12MP bosh va LED fotochaqnoq

Old kamera: 5MP

5MP


Aloqa imkoniyatlari: 4G VoLTE, 4G VoLTE, WiFi 802.11 ac (2.4GHz / 5GHz), Bluetooth 5, GPS

Dual SIM, 4G VoLTE, WiFi 802.11 b/g/n, Bluetooth 4.1 LE, GPS / GLONASS

Sensorlar: barmoq izi skaneri, infra qiliz sensor va boshqalar.

barmoq izi skaneri, infra qiliz sensor va boshqalar.

Akkumulyator: 3000 mA soat

 3300 mA soat

Operatsion tizim: Android 8.1 (Oreo) with MIUI 9

 Android 7.1.2 (Nougat) with MIUI 9

O‘lchamlari: 147.46×71.49×8.3mm, vazni: 146 gramm.

O‘lchamlari: 151.8 × 72.8 × 7.7mm, vazni: 157 gramm.

Xiaomi Redmi 6 modelining 3 gigabaytli tezkor xotiraga ega talqini 125 AQSh dollaridan, 4 gigabaytli tezkor hamda 64 gigabaytli doimiy xotiraga ega talqini 155 dollardan sotuvga chiqariladi.

Xiaomi Redmi 5 modelining 2 GB tezkor va 16 GB doimiy hamda 3 GB tezkor va 32 GB doimiy, shuningdek 4 gigabaytli tezkor xotiraga ega talqinlari ham sotilmoqda. Bu modelning eng arzoni xalqaro bozorda 118 AQSh dollaridan boshlab, eng qimmati 170 AQSh dollarigacha sotilmoqda.

Terabayt.uz saytiga qarashli Terashop.uz do‘koni sizga "xalqchil" kompaniyaning hamyonbop smartfonlarini qulay narxlarda taqdim qiladi. Jumladan, Xiaomi Redmi 5 modelini do‘konimizdan 1 035 000 so‘mdan boshlab xarid qilishingiz mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!