Redmi K50S Pro modelining texnik ko‘rsatkichlari ma’lum bo‘ldi

Redmi K50S Pro modelining texnik ko‘rsatkichlari ma’lum bo‘ldi

Redmi K50S Pro modeliga oid yangi ma’lumotlar tarqalishni davom etmoqda. Mish-mishlarga ko‘ra, ushbu qurilma 200MP kameraga ega bo‘lgan ilk Xiaomi smartfoni bo‘lishi mumkin. 

K50S Pro dunyodagi 200 megapikselli birinchi smartfon ham bo‘lishi mumkin, biroq bu Motorola kompaniyasining yangi Moto Edge 30 Ultra modelining taqdim etilish sanasiga bog‘liq. Ushbu smartfon iyul oyida taqdim etilishi kerak edi. Aftidan, bu jarayon biroz kechikadi. 

200MP kamera o‘z yo‘liga, ammo smartfon Snapdragon 8+ Gen1 chipi bilan jihozlanishi uning narxini oshirib yuboradi. Orqa paneldagi qolgan ikki kamera oddiyroq - 8MP ultrakeng va 2MP makro. Old tomonda esa 20MP selfi kamera joylashadi. Bu Yogesh Brar insayderi tomonidan berilgan ma’lumotlar hisoblanadi. 

Smartfonning qolgan texnik ko‘rsatkichlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, unga HDR10+ va 120 gerts yangilanish chastotasida ishlovchi 6.67 dyuymli AMOLED displeyi o‘rnatiladi. Qurilmaning 8/128GB hamda 12/256GB xotiraga ega versiyalari sotuvga chiqadi. 

Insayder, shuningdek, smartfon 120 vattda quvvat oluvchi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanishi haqida xabar bermoqda. Qurilma ekran ostida joylashgan barmoq izi skaneri va stereo dinamikka ega bo‘ladi. 

Pro model bilan birgalikda oddiy K50S modeli ham taqdim etiladi. Unga MediaTek Dimensity 8100 chipi o‘rnatilishi kutilmoqda. Ushbu ikki model katta ehtimol bilan xalqaro bozorga Xiaomi 12T va Xiaomi 12T Pro nomi ostida sotuvga chiqadi.

O‘QING: Samsung 450 megapikselli kamera ustida ishlamoqda