Redmi Note 12 Pro Speed Edition - bunisiga nima deysiz?

Redmi Note 12 Pro Speed Edition - bunisiga nima deysiz?

Redmi Note 12 seriyasi shu yilning oktyabr oyida debyut qilgan bo‘lib, unda jami to‘rtta: Redmi Note 12, Note 12 Pro, Note 12 Pro+ hamda Note 12 Discovery modellari taqdim etilgan edi. Endi seriyaga beshinchi model - Redmi Note 12 Pro Speed Edition ham qo‘shildi. 

Nomiga qarab Speed Edition oddiy Pro modelga nisbatan tezroq zaryad oladi deb o‘ylashingiz mumkin. Ammo vaziyat biroz boshqacharoq. Speed Edition xuddi Pro model kabi 67 vattda quvvat oladi. Shuningdek, akkumulyator hajmi ham bir xil - 5,000 mAs. 

Dizayn jihatidan Note 12 Pro Speed Edition va Note 12 Pro modellari deyarli bir xil. Faqatgina yangi modelining kamera dizayni biroz o‘zgargan. Redmi brend yozuvi pastki qismdan tepa qismga olib o‘tilgan. Bu uni ko‘proq Poco modellariga o‘xshab qolishiga sabab bo‘lgan. Balki kelajakda Xitoydan boshqa bozorlarga ushbu smartfon Poco nomi ostida sotuvga chiqar.

Speed Edition akkumulyator hamda korpus hajmi bo‘yicha oddiy Pro modeldan farq qilmasa-da, uning og‘irligi Note 12 Pro'dan 6 grammga yengilroq - 181 gramm. Asosiy farqlar esa kamera va chipsetda uchraydi. Redmi Note 12 Pro modeli 50MP asosiy kamera hamda Dimensity 1080 chipi bilan jihozlangan bo‘lsa, Note 12 Pro Speed Edition modeli 108MP Samsung ISOCELL HM2 sensorli asosiy kamera hamda Snapdragon 778G chipi bilan jihozlangan. Asosiy kamera optik stabilizatsiyaga ega emas. Uning oldidan 8MP ultrakeng va 2MP makro kameralar o‘rin olgan. 

Qurilmaning qolgan texnik ko‘rsatkichlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, u 120 geets chastotada ishlovchi FullHD+ sifatidagi OLED displey, 16MP selfi kamera, yon tomonda joylashgan barmoq izi skaneri, NFC, 5G, 3.5 mm audio jek, Dolby Vision, stereo dinamik, X-axis dvigateli hamda IP53 standartiga ega. 

Note 12 Pro'dan farqli o‘laroq, yangi model Android 13 operatsion tizimiga asoslangan yangi MIUI 14 grafik qobig‘ida ishlaydi. Qurilmaning ko‘k yashil va qora ranglari, shuningdek, 6/128GB, 8/256GB hamda 12/256GB xotira turlari bo‘ladi. 

Narxlar esa quyidagicha:

6/128GB - 245 dollar

8/256GB - 260 dollar

12/256GB - 285 dollar 

Redmi Note 12 Pro Speed Edition modeli Xitoyda Xiaomi’ning rasmiy veb-sayti orqali sotiladi. Hozircha uning xalqaro bozorga sotuvga chiqishi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. 

O‘QING: Rasman: Redmi K60 seriyasi taqdim etildi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!