Redmi Note 12 Turbo ekran ramkasi iPhone 14 niki bilan taqqoslandi

Redmi Note 12 Turbo ekran ramkasi iPhone 14 niki bilan taqqoslandi

Xiaomi'ning Redmi brendi tez orada o'zining Note 12 Turbo smartfonini chiqarishni niyat qilgan. Hozirgi kunda kompaniya bo'lajak smartfonni tizer qilish bilan band. Ana shunday tizerlarning birida Redmi Note 12 Turbo ekran ramkalari iPhone 14 ekran ramkasi bilan taqqoslanganini ko'rishimiz mumkin.

Ma'lum bo'lishicha, Redmi Note 12 Turbo ekranining yon tomon chegaralari qalinligi 1.42 mm, tepa tomoni 1.95 mm, pastki jag'i esa 2.22 mm qalinlikda bo'ladi. Ta'kidlash joizki, bu Apple'ning har tomonlari bir xil, 2.4 mm o'lchamda bo'lgan iPhone 14 ekrani ramkasidan sezilarli darajada ingichka hisoblanadi.

Foto: Redmi (Weibo)

Yana bir ulashilgan tizer poster esa qurilmaning batareyasini oshkor qildi: Redmi Note 12 Turbo smartfoni 5000 mA/soat batareyaga ega bo'ladi va bunday batareya bilan smartfon 181 gramm og'irlikda va 7.9 mm qalinlikda bo'ladi.

Foto: Redmi (Weibo)

Avval ulashilgan tizerlarda biz smartfonning asosiy kamerasi 64 MP bo'lishini va u ikkilik mikrofon, dinamiklar bilan birga, USB-C porti, infraqizil nur uzatuvchisi, hamda, 3.5 millimetrli simli naushnik uyasiga ega bo'lishini bilgan edik.

Redmi Note 12 Turbo smartfoni 28-mart kuni taqdim qilinishi kutilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.