Redmi Note 5 va Note 5 Pro taqdim qilindi: kutilmagan jihat va narxlar!

Redmi Note 5 va Note 5 Pro taqdim qilindi: kutilmagan jihat va narxlar!

Hamyonbop smartfonlar ishqibozlari uchun uzoq kutilgan fursat nihoyasiga yetdi! Xiaomi, nihoyat o‘zining narx siyosatida o‘rta narxli hisoblangan Redmi Note 5 hamda Redmi Note 5 Pro modellarini taqdim etdi. Bu modellari Xiaomi ayni kunda birinchi raqamli smartfon yetkazib beruvchi hisoblangan Hindistonda taqdim etildi.

Hozirgi trenddan kelib chiqib, har ikkala devays 18:9 nisbatli, 5.99 dyuymli hamda FHD+ sig‘imli ekranga ega bo‘lgan.

Shu bilan birga, har ikkala modelning akkumulyator sig‘imi ham bir xil -- 4,000 mA soat.

Qolaversa, bu smartfonlar VoLTE -- so‘nggi avlod aloqa texnologiyasida ishlashi hamda infra-qizil sensor va gibrid SIM-karta bo‘lmachalariga egaligi, Android 7.1.2 Nougat'ning o‘zlashtirilgan MIUI 9 operatsion tizimi boshqaruvida ishlashi bilan o‘ziga xosdir.

Redmi Note 5 uchun 2.0 Ggs chastota tezligida ishlaydigan 64 bitli va 8 yadroli Snapdragon 625 chipseti, 3/4 Gb tezkor va 32/64 GB doimiy xotira o‘rnatilgan.

Redmi Note 5 Pro modeli esa bir oz kuchli -- 1.8 Ggs chastota tezligiga ega, 64 bitli va 8 yadroli Snapdragon 636 protsessor va 6 gigabaytli doimiy xotira bilan ta’minlangan. Har ikkala modeldagi kameralar avtofokus tizimiga ega bo‘lgan.

Shu bilan birga, X9 LTE mobil modemi aloqa sifati uchun javobgar bo‘ladi.

Aytish kerakki, Snapdragon X12 LTE mobil aloqa modemi Xiaomi Redmi Note 5 Pro'dagi aloqa sifati uchun mas’ul bo‘lgan innovatsion apparat ta’minotidir.

Yana bir innovatsion yechim -- 20 megapikselli kamera matritsasi bo‘ldi.

Xiaomi Redmi Note 5 modelining o‘ziga xosliklari:

Displey: 5.99 dyuymli, FHD+ sig‘imli (2160 x 1440 pikselli), IPS matritsali, 2.5D shaklidagi bezak hamda Gorilla Glass himoya shishasi bilan qoplangan. Har bir dyuymdagi piksellar soni -- 403 (ppi) ta!!!
Protsessor: 2.0 Ggs, 64 bitli va 8 yadroli Snapdragon 625;
Video karta: Adreno 506;
Tezkor xotira: 3 Gb / 4 Gb;
Doimiy xotira: 32 Gb / 64 Gb, micro SD yordamida 128 gigabaytgacha oshirish mumkin;
Bosh kamera: 12 Mp (f/2.2) LED fotochaqnoq va fazali avtofokus;
Selfi kamera: 5 Mp (f/2.0) LED fotochaqnoq;
Akkumulyator: 4,000 mA soat;
Operatsion tizim: Android 7.1.2 Nougat (MIUI 9);
Aloqa: WiFi, 3G, LTE w/ VoLTE, Bluetooth 4.2, OTG, GPS, A-GPS, GLONASS, dual SIM (gibrid: sim-karta + xotira kartasi yoki sim-karta + sim-karta);
Boshqa sensorlar: barmoq izi skaneri, infra qizil nur;
Korpus ranglari: qora, tilla rang, pushti-tilla, ko‘k rang (lake blue);
O‘lchamlari: 158.5 x 75.45 x 8.05 mm;
Vazni: 180 gramm;
Narxi: 155 AQSh dollari (3/32), 187 AQSh dollari (4/64).

Xiaomi Redmi Note 5 Pro'ning o‘ziga xosliklari:

Ekran: 5.99 dyuymli, FHD+ sig‘imli (2160 x 1440 pikselli), IPS matritsali, 2.5D shaklidagi bezak hamda Gorilla Glass himoya shishasi bilan qoplangan. Har bir dyuymdagi piksellar soni -- 403 (ppi) ta!!!

Protsessor: 1.8 Ggs, 64 bitli va 8 yadroli Snapdragon 636;
Video karta: Adreno 509;
Tezkor xotira: 4 Gb / 6 Gb;
Doimiy xotira: 64 gigabayt va micro SD orqali 128 gigabaytgacha kattalashtirish mumkin;
Bosh kamera: 12 Mp (f/2.2) Sony IMX48 + 5 Mp (f/2.0), LED fotochaqnoq;
Selfi kamera: 20 megapikselli (f/2.2) Sony IMX376 sensori, ilg‘or LED fotochqanoq;
Operatsion tizim: Android 7.1.2 Nougat'ning MIUI 9 proshivkasi;
Aloqa: WiFi, 3G, LTE w/ VoLTE, Bluetooth 4.2, OTG, GPS, A-GPS, GLONASS, qo‘sh SIM karta (gibrid);
Boshqa jihatlari: barmoq izi skaneri, infra qizil nur;
Korpus ranglari: qora, tilla, pushti tilla, ko‘k;
O‘lchamlari: 158.6 x 75.45 x 8.05 mm;
Vazni: 181 gramm;
Narxi: 218 AQSh dollaridan (4+64 Gb) boshlab, 265 AQSh dollarigacha (6/64 GB).

Xiaomi Redmi Note 5 hamda Xiaomi Redmi Note 5 Pro modellari 22 fevraldan boshlab Hindistonda, so‘ng jahonning boshqa smartfon bozorlarida sotuvga chiqariladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.