Redmi Note 8 global talqinda kutilmagan narxda taqdim qilindi!

Redmi Note 8  global talqinda kutilmagan narxda taqdim qilindi!

Redmi Ispaniyada uzoq kutilgan 64 megapiksellik kameraga ega Redmi Note 8 Pro smartfonininng global talqinini taqdim qildi. Yevropadagi narxlar kutilganidan ancha arzon bo‘lib chiqdi.

Avvalliga, smartfonning 6 GB tezkor va 64 GB doimiy xotiraga ega talqini 259 yevro, 128 GB doimiy xotirali talqini esa 289 yevro bo‘lishi taxmin qilingandi. Amalda esa kutilganidan arzonroq bo‘lib chiqdi: mos ravishda 249 va 269 yevro.

Albatta, Xitoydagi narxlar bilan solishtirganda bu ancha qimmat. Xitoyda Redmi Note 8 Pro’ning 6/64 GB  xotirali talqini rasmiy narxi 195 dollarni tashkil qilgan. An’anaviy ravishda boshqa davlatlardagi narxlar Xitoydagidan ancha farq qiladi.

Redmi Note 8 Pro 26 sentyabrdan boshlab Mi.com va Mi Store rasmiy do‘konlarida, shuningdek AliExpressʻda sotila boshlaydi. Qolaversa, ilk 24 soat ichida maxsus aksiya doirasida narxlar 229 dollargacha arzonlashtirilgan. Amazonʻda esa 30 sentyabrdan boshlab smartfonni sotib olish mumkin.

O‘QING: Redmi Note 7 Pro ham Terashop.uz’ga yetib keldi! Xiaomi smartfonlari narxlari bilan tanishing! (2019 yil 21 sentyabr)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!