Rekord yangilanadi: Realme GT Neo5 eng tez quvvatlanadigan smartfonga aylanishi kutilmoqda

Rekord yangilanadi: Realme GT Neo5 eng tez quvvatlanadigan smartfonga aylanishi kutilmoqda

Realme GT Neo5 smartfoni yaqin kunlar ichida taqdim etiladi. Ma’lum bo‘lishicha, qurilma kompaniyaning 240 vatt quvvatlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi birinchi smartfoniga aylanadi. Ushbu quvvatlash texnologiyasi 5 yanvarda taqdim etiladi. Bugun internetda ushbu quvvatlash adapterining suratlari tarqalib ketdi. 

Suratdagi SuperVOOC quvvatlagichi 240 vatt tezlikda quvvat beradi. SuperVOOC nomi Oppo kompaniyaga tegishli. Realme esa Oppo subbrendi hisoblanadi. Ayrim manbalarning ma’lumotlariga qaraydigan bo‘lsak, GT Neo5 modelining 150 vattda quvvat oluvchi versiyasi ham taqdim etiladi. 

Qurilma ikki qismga ajralgan akkumulyatorga ega bo‘lib, ular alohida quvvat olish manbaiga aylanadi. Ushbu yechim smartfonni yuqori tezlikda xavfsiz quvvlash imkonini yaratadi. 

O‘QING: Redmi K60 modellarining birinchi savdosi kompaniya uchun ancha muvaffaqiyatli bo‘ldi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!