Retro uslubidagi to‘rtta mini-o‘yinni faqat bugun bepul olish mumkin!

  •   DiMaX
  •  928
  •  16.12.2020 14:20

Retro uslubidagi to‘rtta mini-o‘yinni faqat bugun bepul olish mumkin!

SEGA shu yilning oktyabrida o‘z yubileyi sharafiga retro stilida to‘rtta mini-o‘yin taqdim etgan edi. Kompaniya o‘shanda ularni «Kim ulgursa ko‘chirib olsin» usulida bepul tarqatgan, keyin barchasini o‘chirib tashlamoqchi edi.

O‘QING: Sega endi iOS va Android uchun bepul retro o‘yinlarni taqdim etadi

Lekin o‘yinsoz kompaniya geymerlarga yana bir imkoniyat berishga qaror qildi: bugun – 16 dekabrgacha ularni tekinga ko‘chirib olish mumkin. O‘yinlar Steam do‘koni orqali bepul tarqatilmoqda, quyidagi ro‘yxatda ularning har biri nomiga joylangan havola orqali yuklab olish sahifasiga o‘tiladi:

  1. Armor of Heroes – ko‘p foydalanuvchili tankli olishuv.
  2. Endless Zone — Endless va Fantasy Zone olamlari bilan bog‘liq shuter.
  3. Streets of Kamurocho – afsonaviy SEGA qahramonlari bilan ko‘cha janglari.
  4. Golden Axed – Golden Axe turkumining qayta chiqarishga mo‘ljallangan, lekin bekor qilingan o‘yinning bosqichlaridan biri.

Eslatib o‘tamiz, ushbu mini-o‘yinlarning bepul berilishi bugun tunda tugaydi, demak – shungacha olib qo‘yishga ulguring va do‘stlaringizga ham bu haqda xabar bering.

O‘QING: Epic Games avjiga chiqdi: Yangi yil arafasida u naq 15 ta o‘yinni bepul beryapti!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!