Reyting: Yil boshidan beri eng yaxshi sotilgan smartfonlar ma’lum bo‘ldi

Reyting: Yil boshidan beri eng yaxshi sotilgan smartfonlar ma’lum bo‘ldi

An’anaviy tarzda taniqli IHS Markit marketing tadqiqotlari agentligi joriy yilda ham muvaffaqiyatli sotilayotgan smartfonlar ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Apple iPhone 7 yil boshidan shu kunga qadar eng ko‘p sotilgan mobil aloqa vositasiga aylandi.

Apple iPhone 7

iPhone 7 2016 yilning oktyabridan boshlab xalqaro bozorda sotilgan. 4.7 dyuymli, 3D touch texnologiyasi va Retina HD displeyi hamda 4 yadroli Apple A10 Fusion protsessori bilan o‘ziga xos. Uning chipi avvalgi chiplardan 40% tezkor ishlaydi. iPhone 7 O‘zbekistonda 5,166,000 so‘mdan boshlab sotilmoqda.

Apple iPhone 7 Plus

Yaxshi sotilish bo‘yicha ikkinchi o‘rin Apple iPhone 7 Plus flagmaniga nasib qilgan. iPhone 7'dan iPhone 7 Plus faqatgina ekranining kattaligi hamda qo‘sh kamerasi bilan ajralib turadi. Apple iPhone 7 Plus 5.5 dyuymli displey bilan farq qiladi. Unda ham 4 yadroli A10 Fusion protsessori, 2 gigabaytli tezkor xotira mavjud. iPhone 7 Plus'ning 12 megapikselli qo‘sh sensorli bosh kamerasi yaqingacha ham smartfon sanoatidagi kuchli kamera hisoblanib kelgan. Har ikkala gadjetdagi old kamera sig‘imi 7 megapiksel. iPhone 7 Plus O‘zbekistonda 6,068,000 so‘mdan sotilmoqda.

Qo‘shib hisoblaganda bu davr oralig‘ida sotilgan Apple iPhone 7 hamda Apple iPhone 7 Plus miqdori deyarli 100 millionga yetadi.

Uchinchi o‘rinda eng yaxshi hamyonbop devayslardan biri, 5 dyuymli ekran (540 x 960 pikselli)ga ega Samsung Galaxy J2 Prime smartfoni turibdi. 2016 yilning noyabrida taqdim qilingan bu smartfon 1,5 GB tezkor va 8 GB doimiy xotiraga ega. Qo‘shimcha fleshka uchun bo‘lmacha mavjud. 8 MP bosh va 5 MP old kamera puliga munosib. 2600 mA soat batareya 12 soat suhbat qurishga yetadi. "Malika"da Galaxy J2 Prime 984,000 so‘mdan sotilmoqda.

2015 yilning sentyabrida taqdim qilingan Apple iPhone 6s esa jahonning eng yaxshi sotilayotgan 4-raqamli smartfoni bo‘ldi. O‘zbekistonda 3,772,000 so‘mdan boshlab sotilayotgan, 4.7 dyuymli iPhone 6s (2/16 Gb) iPhone 6S'dan kattaroq ekrani bilan farqli. 3D Touch texnologiyasiga ega smartfon ekranining piksellar sig‘imi -- 750 x 1334 belgiga teng. iPhone 6S 1715 mA soat batareyasi, 12 MP bosh va 5 MP old kamerasi bilan o‘ziga xos.

iPhone 7 sotilishda iPhone 6s natijasini qayd etmadi

iPhone 7 va iPhone 7 Plus reytingda eng yuqori pog‘onalarni egallagan bo‘lishsa ham, o‘z vaqtida yaxshi sotilgan iPhone 6s va iPhone 6s Plus'ning yarim yillikdagi natijasini yangilay olishmaydi. So‘nggi 3 yilda iPhone 6, iPhone 6s hamda iPhone 7 yarim yillikda eng yaxshi sotilish bo‘yicha peshqadamlikni boshqa raqiblariga berishmagan.

Samsung Galaxy S8 hamda Samsung Galaxy S8 Plus flagmanlari beshinchi va oltinchi o‘rinlarni bo‘lishib olishgan. Samsung Galaxy S8 5,8 dyuymli, Samsung Galaxy S8 Plus esa 6.2 romsiz ekrani bilan o‘ziga xos. Super AMOLED matritsasidagi piksellar sig‘imi 2960×1440 belgiga teng. Quvvat tejashda nom qozongan Qualcomm Snapdragon 835 protsessoriga ega Galaxy S8 faqatgina AQShda sotiladi. Galaxy S8’ning xalqaro talqinida 10 nanometrli Samsung Exynos 8895 protsessoridan foydalanilgan. Smartfonda 4 GB tezkor va 64 GB doimiy xotira mavjud. O‘zbekistonda Galaxy S8 flagmani 5,289,000 so‘m, Galaxy S8 Plus esa 5,986,000 so‘mdan sotilmoqda.

2017 yilda eng yaxshi sotilayotgan smartfonlar orasida Samsung brendining 5 ta modeli kirgan:
Samsung Galaxy S7 edge -- "Malika"da 3,895,000 so‘m;
Samsung Galaxy J3 (2016) -- 984,000 so‘m;
Samsung Galaxy J5 (2016) -- 1,353,000 so‘m.

Apple brendining 4 ta ayfoni hamda Oppo'ning bir dona smartfon modeli kirgan. Shuningdek, har oyda 1 milliondan ziyod sotilayotgan smartfon modellari soni ham 17 dan 22 taga ko‘paygan. Misol uchun, Samsung'da bunday muvaffaqiyatli modellardan 10 ta, Apple'da esa 4 ta.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!