«ROBO CODERS 2019» tanlovida qatnashib, noutbuk va smartfonlar yutib oling!

  •   DiMaX
  •  743
  •  06.02.2019 12:49

«ROBO CODERS 2019» tanlovida qatnashib, noutbuk va smartfonlar yutib oling!

Joriy yilning 4 fevralidan «ROBO CODERS 2019» tanlovi boshlangan. Tanlov robototexnika uchun dasturlash sohasida iqtidorli yoshlarni aniqlash uchun o‘tkaziladi. Bu xususda Mirzo Ulug‘bek innovatsion markazi rasmiy sayti xabar bermoqda.

O‘QING: Innovatsiya markazi logotipini o‘zgartirdi

 Xabarga ko‘ra, dasturlash tajribasiga ega, 15 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan istalgan talabgor ushbu tanlov ishtirokchisiga aylanishi mumkin.

Tanlovning asosiy vazifalari quyidagilar:

  • axborot texnologiyalari sohasida iqtidorli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash;
  • yoshlarning ishbilarmonlik faolligini rivojlantirish.

Tanlovda «ROBO CODERS 2019» respublika tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida NIZOMda belgilangan tartib asosida ariza topshirgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

Ishtirokchilarni ro‘yxatga olish 2019 yilning 4 fevralidan 15 fevraliga qadar muic.uz rasmiy saytida amalga oshiriladi.

O‘QING: Toshkentda bolalarga dasturlash va robototexnikani o‘rgatuvchi RoboCraft kurslari ochilmoqda

«ROBO CODERS 2019» tanlovi dasturi uchta nominatsiya doirasida 9 ta sovrinli o‘rinlarni o‘zida jamlagan:

Shuningdek, quyidagi nominatsiyalarga ko‘p sonli rag‘batlantiruvchi sovrinlar taqdim etiladi:

  • Eng tez koder;
  • Eng sodda algoritm;
  • Eng yosh dasturchi.

Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi ko‘magida o‘tkazilmoqda.

Tanlov tashkilotchilari:

  • Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha «Mirzo Ulug‘bek innovatsion markazi direksiyasi» MChJ;
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;
  • «ROBOTICS LAB FUTURE TECHNOLOGY COMPANY» MChJ.

Ishtirokchilarni ro‘yxatga olish muic.uz havolasi orqali amalga oshiriladi. Batafsil ma’lumotni +998 71 238 99 44 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib olishingiz mumkin.

O‘QING: Qarshi oling: AKT yo‘nalishidagi yangi universitet!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!