Ro'molli robot: Saudiya Arabistoni o'zining ilk gumanoid robotini taqdim qildi

Ro'molli robot: Saudiya Arabistoni o'zining ilk gumanoid robotini taqdim qildi

O'tgan yilda rekord darajadagi mehmonlar bilan boshlangan LEAP xalqaro texno konferensiyasining bu yilgi sonida Saudiya Arabistoni o'zining birinchi gumanoid robotini taqdim qildi. Sara ismli robot Qirollikning Raqamli Hukumat organi va QSS kompaniyasi hamkorligida yaratilgan.

Arab tilida gapira oladigan Sara o'ziga ichki o'rnatilgan sun'iy intellekt kamerasi yordamida oldida kim yoki nima qanchalik masofada turganini aniqlay oladi. Odamlar uning oldiga kelib "Hello Sara", ya'ni "Salom Sara" deyish orqali u bilan suhbat boshlashlari mumkin.

"Men Sara'man, dunyodagi birinchi Saudiya Arabistoni qo'llari bilan yaratilgan robot va men siz bilan saudiya tilida gaplashyapman" deya o'zini tanishtiradi Sara.

Ta'kidlash joizki, Sara o'zining oldindan tayyorlangan modeli yordamida Qirollikdagi turli xil shevalarni aniqlay olish qobilyatiga ega. Qolaversa u jumlalarni tahlil qilib, ularning mazmunini tushunadi va shunga qarab o'z javoblarini beradi.


Shuningdek, Sara mashhur xalqqa mashhur raqs harakatlarini ham amalga oshira oladi.

Aytish kerakki, Sara'dan avval Saudiya Arabistoni 2017-yil oktabrida gongkonglik kompaniya, Hanson Robotics tomonidan yaratilgan Sophia ismli gumanoid robotga mamlakat fuqaroligini bergan edi.

O'QING: Sun’iy intellekt bilan kuchayish navbati Opera'ga keldi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!